Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Tokioga muntazam aviaqatnovlar tiklandi

2023 14 Aprel
253
Ulashing

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 13-apreldan boshlab Toshkent – Tokio – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirishni boshladi. Kunchiqar mamlakatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar har hafta payshanba kunlari amalga oshiriladi.  

Toshkent-Tokio yo‘nalishidagi aviachiptalar narxi 6 270 352 so‘mdan, Toshkent – Tokio – Toshkent yo‘nalishida esa 11 292 048 so‘mdan boshlanadi.

Aviachiptalarning taqdim etilgan narxlari 2023-yil 14-aprel holatiga ko‘ra amal qiladi.

Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy www.uzairways.com sayti orqali 3% chegirma bilan, shuningdek, “UzAirways” mobil ilovasi, Uzbekistan Airways Sales orqali yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilishingiz mumkin.

PDF-ni yuklab oling