Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Tarixdan mashhur va taniqli insonlar nomi bilan ataluvchi aeroportlar

2023 8 Yanvar
418
Ulashing

Jahon statistikasiga ko‘ra dunyoda 40 000 dan ortiq aeroportlar mavjud. Ular insonlarga yangi dunyoni ochish uchun “orzular darvozasi” vazifasini o‘taydi. Ushbu aeroportlarning ko‘pchiligi taniqli va tarixda katta iz qoldirgan insonlar nomi bilan ataladi. Keling dunyodagi aeroportlarning qaysi biri siz bilgan va yaxshi ko‘rgan insonlar nomi bilan atalishini ko‘rib chiqamiz.  

Liverpul xalqaro aeroporti – Britaniyalik taniqli rok yulduzi, kompozitor Jon Lennonga atab nomlangan.

Deli xalqaro aeroporti – Hindistonning yagona ayol bosh vaziri Indira Gandi nomi bilan ataladi.

Salzburg xalqaro aeroporti – Avstriyaning ikkinchi eng katta aeroporti mashhur kompozitor va musiqa arbobi Motsart nomidadir.

Rim-Filmincho xalqaro aeroporti – Italiyada joylashgan ushbu aeroport buyuk rassom va olim Leonardo da Vinchi nomi ostida hozirgi kunda faoliyat yuritadi.

Venetsiya xalqaro aeroporti – suv bo‘yidagi mazkur aeroport tarix tan olgan sayyoh Marko Polo sharafiga nomlangan.

O‘rinj xalqaro aeroporti – AQSHning Kaliforniya shtati, O‘rinj okrugidagi aeroport kinomatagrafiya olamining yorqin yulduzi, aktyor Jon Ueyn nomi bilan faoliyat yuritadi.

Bulardan tashqari dunyoda yana ko‘plab aeroportlar taniqli insonlar ismi yoki tahallusi bilan nomlangan. Uzbekistan Airways bilan sayohat qiling va yangidan-yangi aeroportlarni o‘zingiz uchun kashf qiling.

PDF-ni yuklab oling