Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Tanlov g‘oliblari aniqlandi

2021 4 Noyabr
53
Ulashing

Yaqinda «Uzbekistan airways» AJ konferenc zalida aviakompaniyaning departament, boshqarma, filial, xizmat, bo‘limlar yoshlari o‘rtasida “Havo transporti sohasida innovatsion g‘oyalar” mavzusidagi uch bosqichli ko‘rik-tanlovning birinchisi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir eng samarali innovatsiya va texnologiyalarni aniqlash, zamonaviy usullardan foydalanish, «Uzbekistan airways» yoshlarining ijodiy qobiliyat va salohiyatini yuzaga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida tashkil etildi.

Ko‘rik-tanlov shartlariga ko‘ra, ishtirokchilar o‘z loyihalari: tashrif qog‘ozi, taqdimot ko‘rinishidagi “Innovatsion g‘oya” (jumladan, videomateriallar, maketlar va boshqalar)ni namoyish etdilar. Ishtirokchilarning loyihalari ularning texnik yechimi, iqtisodiy samaradorligi, amalga oshirilishi va ishlab chiqarilishi kabi mezonlar bo‘yicha 100 ballik tizim asosida baholandi.

Ko‘rik tanlov hakamlar hay’ati a’zolari qaroriga ko‘ra, 1-o‘ringa “Yerdagi xizmat departamentining DCS guruhi 2-toifali mutaxassisi Aziz Zaripov “Elektron jurnallar va planshetlarni joriy etish, iqtisodiy asoslash” mavzusida taqdim etgan loyihasi uchun loyiq deb topildi. Ikkinchi o‘rin esa Xaridlar departamentining tahlil, statistika va istiqbolli xarid usullarini ishlab chiqish, IT va ERP texnologiyalarini joriy etish guruhi muhandisi Abdulaziz Mavlyanovga «Uzbekistan airways» aviakompaniyasida mijoz sayohati konsepsiyasini joriy etish” mavzusidagi loyihasi uchun nasib etdi. Uchinchi o‘rinni  “Kasal / yotgan yo‘lovchilarni qulay tashish maqsadida tizimni joriy etish” loyihasi uchun “Yerda xizmat ko‘rsatish” boshqarmasi 2-toifali mutaxassisi Nargiza Kattaqulova egalladi.

Ko‘rik tanlovining barcha g‘oliblariga «Uzbekistan airways» AJ kasaba uyushma qo‘mitasining esdalik sovg‘alari topshirildi. Noyabr oyining oʻrtalarida mazkur tanlovning ikkinchi bosqichini oʻtkazish rejalashtirilgan.

Telegram: t.me/uzbekistanairways

PDF-ni yuklab oling