Uzbekistan Airways xodimlari O‘zbekistonning yetakchi kompaniyalari o‘rtasidagi yirik sport musobaqasi – Korporativ Chempionlar Ligasida aviakompaniyani munosib himoya qilishda davom etmoqda.

Ayniqsa, stol tennisi musobaqalariga e’tibor qaratilmoqda: Jahongir Jo‘raboyev oltin, Shohrux Mo‘minov kumush medal uchun kurash olib bormoqda. Shu shanba kuni chempionlikka erishish yo‘lidagi hal qiluvchi qadam – final o‘yini bo‘lib o‘tadi.


Jahongir va Shohruhga yorqin g‘alabalar tilaymiz va Uzbekistan Airways jamoasining barcha ishtirokchilariga turnirdagi ishtiroki uchun minnatdorchilik bildiramiz.

