Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Sizning hikoyangiz Uzbekistan Airways bort jurnalida

2023 3 Fevral
1768
Ulashing

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi yo‘lovchilarning sayohatlari haqidagi qiziqarli hikoyalarni to‘plamoqda. Sayohatdan qolgan eng yorqin xotiralaringiz bilan bo‘lishing va o‘z hikoyalaringizni “Uzbekistan Airways” bort jurnalining bahorgi sonida chop etish imkoniyatini qo‘lga kiriting.

Ushbu tashabbus Uzbekistan Airways aviakompaniyasi bilan sayohat tajribasiga ega boʻlgan yoʻlovchilarning ijodiy qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Sayohatingiz haqidagi hikoyani suratlar bilan 2023-yilning 15-fevraliga qadar oʻzbek, rus yoki ingliz tillarida konkurs@uzairways.com elektron manziliga yuborishingiz mumkin. Matn hajmi 1100 ta belgidan oshmasligi kerak. 16 yoshdan yuqori barcha O‘zbekiston va xorijiy davlatlar fuqarolari o‘z matnlarini yuborishlari mumkin.  

Barcha hikoyalar Uzbekistan Airways bort jurnali tahririyati tomonidan ko‘rib chiqiladi va ularning eng yaxshilari mualliflarning roziligi bilan bort jurnali sahifalarida chop etiladi.

PDF-ni yuklab oling