O‘zbekistonda turizm industriyasini rivojlantirish, sohani barqaror taraqqiy ettirish uchun zarur me’yoriy-huquqiy bazani ishlab chiqish va takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
“Uzbekistan Airways” AJ 2021-yil 8-iyundan boshlab ilk marotaba Samarqand-Olmaota-Samarqand yangi yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni amalga oshiradi. Aviaqatnovlar haftasiga ikki marotaba – seshanba va shanba kunlari bajariladi.
Parvozning umumiy davomiyligi 1 soat 50 daqiqani tashkil etadi. Yo‘lovchilar Samarqand-Olmaota yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalarni 1 095 955 so‘mdan xarid qilib olishlari mumkin. Samarqand-Olmaota-Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta narxi esa 1 913 025 so‘mdan boshlanadi.
Ta’kidlash joizki, Samarqand-Olmaota-Samarqand yo‘nalishida yangi qatnovning ochilishi kelgusida yurtimizda turizmni yanada rivojlantirishga munosib hissa qo‘shibgina qolmay, Samarqand xalqaro aeroporti “Uzbekistan Airways” AJ qatnovlari uchun zamonaviy xab sifatida xizmat qilishini ta’minlaydi.
 Barcha yangiliklar
Barcha yangiliklar