Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Sadoqatlik dasturi a’zosiga aylaning va bonuslarni qo‘lga kiriting

2023 10 Fevral
3607
Ulashing

“UzAirPlus” - bu Uzbekistan Airways bilan tez-tez parvoz qiluvchi yo‘lovchilarni rag‘batlantiruvchi dastur. Yig‘ilgan ballarni ishtirokchilar aviachiptalarga almashtirish va turli xil xizmatlardan foydalanishlari mumkin.

Dasturdan aviakompaniyaning rasmiy www.uzairways.com sayti orqali “UzAirPlus” bo‘limiga kirib onlayn ro‘yxatdan o‘tgan holda shaxsiy kabinet ochib ishtirokchiga aylanish mumkin. Ro‘yxatdan o‘tish uchun ishtirokchining pasporti hamda aloqa ma’lumotlari talab qilinadi. Undan ro‘yxatdan o‘tish mutlaqo bepul. 16 yoshdan yuqori har qanday jismoniy shaxs dasturning ishtirokchisiga aylanishi mumkin.

Ushbu dasturning “PREMIUM”, “SILVER”, “GOLD” turdagi kartalari mavjud. Ularning o‘xshash tomoni shundaki, barcha turdagi kartalar yo‘lovchilarga sovrinli aviachipta olish, xizmat ko‘rsatish klassini oshirish imkoniyatini beradi.  

Sadoqatlik dasturi yangi a’zosi uchun 500 ball bilan vaqtinchalik karta ochiladi. Unda 5000 va undan ko‘p ball yig‘ilganda ishtirokchida avtomatik tarzda “PREMIUM” karta ochiladi.

Yo‘lovchi qo‘shimcha 250 000 ball to‘plaganda unda “SILVER” karta ochilib me’yordan tashqari qo‘shimcha 10 kg yuk bilan parvoz qilish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

Dastur ishtirokchisining “SILVER” kartasiga yana 350 000 ball qo‘shilganida uning uchun “GOLD” karta ochiladi. Mazkur karta belgilangan miqdordan tashqari yana 15 kg yuk olib o‘tish hamda O‘zbekiston hududida joylashgan aeroportlarning CIP zallari xizmatlaridan uchib ketish va uchib kelish vaqtida foydalanishlari mumkin hisoblanadi.

Ishtirokchining kartasida yuqorida qayd etilgan miqdorda ball yig‘ilib yangi karta ochilganda uning elektron manziliga bu haqda xabar keladi.  

 “UzAirPlus” dasturining ishtirokchilari ballarni parvoz yo‘nalishidan va tarif turidan kelib chiqqan holda to‘playdi. Shuningdek, dasturning “faol” va “status” ballari mavjud. “Faol” ballarni ishtirokchilar mukofotli aviachiptani olish va mukofot tariqasida xizmat ko‘rsatish klassini oshirish uchun ishlatishi mumkin. Status ballari esa ishtirokchi dasturdan ro‘yxatdan o‘tgandan boshlab yig‘ilgan ballardir. 

Agar yo‘lovchi 18 oy hech qanday parvozni amalga oshirmagan bo‘lsa yoki to‘planib bo‘lgan ballardan 36 oy davomida foydalanmasa ular bekor qilinadi. Sadoqatlik dasturining ballari charter reyslar, tekin, foydalanilmagan va yaroqlilik muddati o‘tib ketgan, imtiyozli va chegirmali aviachiptalar uchun taqdim etilmaydi.

Dasturning kartalarini plastik ko‘rinishida olish uchun ishtirokchi Uzbekistan Airways Sales’ga pasport nusxasini va kontakt ma’lumotlarini taqdim etishi yoki ularni uzairplus@uzairways.com elektron pochta manziliga yuborishi mumkin. Plastik kartalar tayyor bo‘lgandan keyin ishtirokchi elektron manziligi xabar jo‘natiladi.

“UzAirPlus” dasturining ishtirokchisi bo‘lib siz ham Uzbekistan Airways’ning sadoqatli yo‘lovchisiga aylanining.

PDF-ni yuklab oling