“Uzbekistan Airways” mega-prizlar bilan maxsus aksiya boshlanganini e’lon qiladi. Ishtirok etish juda oddiy: bor-yo‘g‘i bir nechta qadam va siz ishtirokchilar safidasiz! Siz iPhone Air, iPad Air, Apple Watch Ultra 2, AirPods Pro 2 hamda “Uzbekistan Airways”ning esdalik sovg‘alarini yutib olishingiz mumkin.
Aksiya faqat bizning Instagram-profilimizda o‘tkaziladi. Sahifamizga o‘ting, shartlar bilan tanishing va bizga qo‘shiling! Instagram-profilimiz: https://www.instagram.com/uzairways
Mazkur aksiya quyida keltirilgan “Qorbobo UzAIRways qanotlarida qaytmoqda” rag‘batlantiruvchi aksiyasini o‘tkazish to‘g‘risidagi Ommaviy oferta asosida o‘tkazilmoqda.
Rag‘batlantiruvchi aksiyani o‘tkazish to‘g‘risidagi Ommaviy oferta
“Qorbobo UzAIRways qanotlarida qaytmoqda”
Ushbu hujjat “Uzbekistan Airways” AJ (keyingi o‘rinlarda — Tashkilotchi) tomonidan cheklanmagan shaxslar doirasiga “Qorbobo UzAIRways qanotlarida qaytmoqda” (keyingi o‘rinlarda — Aksiya) rag‘batlantiruvchi aksiyasida quyida bayon etilgan shartlar asosida ishtirok etish bo‘yicha rasmiy taklif (ommaviy oferta) hisoblanadi.
Aksiyada ishtirok etish ushbu Ofertaning barcha shartlariga to‘liq va so‘zsiz rozilik bildirishni anglatadi.
1. Umumiy qoidalar
1.1. Aksiya “Uzbekistan Airways” brendi tanilishini oshirish, rasmiy aloqa kanallarida qamrovni kengaytirish va “UzAirPlus” sodiqlik dasturini ommalashtirish maqsadida o‘tkaziladi.
1.2. Aksiya rag‘batlantiruvchi va marketing xarakteriga ega bo‘lib, lotereya yoki tavakkalchilikka asoslangan o‘yin hisoblanmaydi hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq o‘tkaziladi.
1.3. Aksiyaning Tashkilotchisi — “Uzbekistan Airways” AJ.
2. Aksiyani o‘tkazish muddatlari
2.1. Aksiyani o‘tkazish davri: 2026-yil 8-yanvardan 15-yanvargacha (shu kuni ham).
2.2. Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi faollik davri: 2026-yil 8-yanvar soat 16:00 dan 15-yanvar soat 12:00 gacha.
2.3. Aksiya doirasida “UzAirPlus” sodiqlik dasturida ro‘yxatdan o‘tish davri: 2026-yil 8-yanvar soat 16:00 dan 15-yanvar soat 12:00 gacha.
2.4. Aksiya yakunlarini chiqarish va g‘oliblarni aniqlash: 2026-yil 16-yanvar.
3. Aksiya ishtirokchilari
3.1. Ushbu Ofertaning barcha shartlarini bajargan jismoniy shaxslar Aksiya ishtirokchisi bo‘lishlari mumkin.
3.2. Aksiyada ishtirok etishga quyidagilar qo‘yiladi:
Aksiya boshlangan paytda “UzAirPlus” dasturining amaldagi a’zolari;
Aksiya davrida “UzAirPlus” dasturida ro‘yxatdan o‘tgan shaxslar.
3.3. Amaldagi a’zolar uchun “UzAirPlus” dasturidan qayta ro‘yxatdan o‘tish talab etilmaydi.
3.4. Ishtirok etishning majburiy sharti — “UzAirPlus” dasturida amaldagi ro‘yxatdan o‘tganlikdir.
3.5. Ishtirokchi qo‘shimcha ravishda quyidagilarni bajarishi shart:
“Uzbekistan Airways”ning Instagram va Telegram’dagi rasmiy sahifalariga obuna bo‘lish;
Instagram’dagi tanlov postining tagida bir (1) dona izoh (kommentariya) qoldirish.
3.6. Tanlov posti tagida birdan ortiq izoh qoldirgan foydalanuvchilar qo‘shimcha ogohlantirishsiz avtomatik ravishda Aksiyadan chetlashtiriladi.
4. Ishtirok etish shartlari va mexanikasi
4.1. Belgilangan muddatda quyidagilarni bajarish lozim:
Instagram’dagi post ostida “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasiga 2026-yil uchun tilaklar bildirilgan maktub ko‘rinishidagi (kamida bir nechta ma’noli gapdan iborat) bitta izoh qoldirish;
Izohda Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi boshqa bir foydalanuvchini (profil faol bo‘lishi shart) belgilash (@ qilish);
“UzAirPlus” dasturi a’zosi bo‘lish yoki ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsa, rasmiy sayt yoki mobil ilova orqali ro‘yxatdan o‘tish.
4.2. Aksiya shartlariga mos kelmaydigan, haqoratli, axloqsiz so‘zlar yoki reklama xarakteridagi izohlar qabul qilinmaydi.
5. G‘oliblarni aniqlash
5.1. G‘oliblar maxsus randomayzer (tasodifiy tanlash) dasturi yordamida aniqlanadi.
5.2. Jami 5 (besh) nafar g‘olib aniqlanadi.
5.3. G‘oliblarni aniqlash jarayoni “Uzbekistan Airways”ning Instagram va Telegram’dagi rasmiy sahifalarida jonli efirda namoyish etiladi.
5.4. G‘oliblardan ularning ma’lumotlari va “UzAirPlus”dagi a’zoligi tekshirilishi uchun kerakli ma’lumotlar so‘ralishi mumkin.
6. Sovrin jamg‘armasi
6.1. Sovrinlar ro‘yxati:
1-o‘rin: Apple iPhone Air va Uzbekistan Airways suvenir mahsulotlari;
2-o‘rin: Apple iPad Air va Uzbekistan Airways suvenir mahsulotlari;
3-o‘rin: Apple Watch Ultra 2 va Uzbekistan Airways suvenir mahsulotlari;
4-o‘rin: Apple AirPods Pro (2-avlod) va Uzbekistan Airways suvenir mahsulotlari;
5-o‘rin: Apple AirPods Pro (2-avlod) va Uzbekistan Airways suvenir mahsulotlari.
6.2. Sovrinlarning pul ekvivalenti to‘lanmaydi. Sovrinlarni almashtirish yoki boshqa shaxslarga o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.
7. Shaxsiy ma’lumotlar
7.1. Ishtirokchi o‘z shaxsiy ma’lumotlarini Tashkilotchi tomonidan faqat Aksiya maqsadlari uchun to‘planishi va ishlanishiga rozilik bildiradi.
8. Boshqa shartlar
8.1. Tashkilotchi Aksiya shartlariga o‘zgartirish kiritish yoki uni muddatidan oldin to‘xtatish huquqiga ega.
8.2. Tashkilotchi texnik nosozliklar uchun javobgar emas.
9. Yakuniy qoidalar
9.1. Ushbu Oferta e’lon qilingan vaqtdan boshlab kuchga kiradi.
Barcha yangiliklar