2025-yil 28-may kuni Nukus sharida Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasi binosida “Uzbekistan Airways” AJ rahbariyati va xodimlari ishtirokida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. “Savol-javob” formatida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Savdo-sanoat palatasi, turizm, Yoshlar ishlar agentligi hududiy boshqarmalari, jismoniy va yuridik shaxslar, aviachiptalar sotuvi agentlari, sayyohlik kompaniyalar, tadbirkorlik subyektlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
So‘nggi yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha sohalarda bo‘lgani kabi turizmda ham amalga oshirilayotgan islohotlar o‘z samarasini bermoqda. Bugungi kunda Toshkent-Nukus-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar kuniga ikki marta amalga oshirilmoqda. Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Nukus-Olmaota-Nukus yo‘nalishida parvozlar yo‘lga qo‘yildi va haftasiga uch marta amalga oshirilmoqda. Mo‘ynoqliklar uchun hududiy aeroportning ochilishi katta voqea bo‘ldi. Endilikda haftasiga uch marta Nukus-Mo‘ynoq-Nukus yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar "Uzbekistan Airways" AJ tarkibidagi Silk Avia aviakompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.
"2025-yil 1-fevraldan 1-sentyabrgacha Qoraqalpog‘iston va Qozog‘iston o‘rtasidagi "Tajen" (Qozog‘iston) – "Daut ota" (O‘zbekiston) chegara o‘tkazish punkti rasman yopildi. Bugungi kunda haftasiga uch marta "Nukus-Oqtov" yo‘nalishi bo‘yicha temir yo‘l qatnovi amalga oshirilmoqda va chiptalarni oldindan, ba’zan hatto bir oy oldin sotib olish kerak. Yo‘lga ketadigan vaqt 20 soatdan ortiq.

Shu munosabat bilan Nukus – Oqtov aviaqatnovini tiklash bo‘yicha juda ko‘p qo‘ng‘iroqlar va so‘rovlar kelib tushmoqda. Aviakompaniyaning ushbu yo‘nalish bo‘yicha parvozni tiklash rejalari bormi?
"Uzbekistan Airways" AJ Boshqaruv raisining tijorat va turizm bo‘yicha o‘rinbosari Shuxrat Yadgarov javob berdi: Yodingizda bo‘lsa, biz Nukus – Oqtov yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni amalga oshirar edik. Ushbu yo‘nalishda Qozog‘iston aviakompaniyasi ham parvozlarni amalga oshirgan. Bu pandemiyadan keyingi davr bo‘lib, Qozog‘iston chegaralari ikki yil davomida yopilgan edi. Chegaralar ochilishi bilan talab pasayganini his qildik, aviaqatnovda 30-40 yo‘lovchi bilan past narxlarda uchdik. Va biz bu aviaqatnovni qisqartirish va to‘xtatishga majbur bo‘ldik. Bizdan keyin Qozog‘iston aviakompaniyasi ham aviaqatnovlar samarasizligi tufayli ushbu yo‘nalish bo‘yicha parvozlarni to‘xtatdi.
Bir necha yil oldin ham katta auditoriyada yer ustida harakatlanish bilan bog‘liq muammolar yo‘qligini eshitgandik. Ammo bugun ushbu formatdagi uchrashuv tufayli biz hudud muammolari haqida juda muhim ma’lumotlarni eshitishga muvaffaq bo‘ldik. Toshkentga uchib kelgach, vaziyatni nazoratga olamiz va qisqa muddatda Qoraqalpog‘iston aholisi uchun ijobiy tomonga tegishli qaror qabul qilamiz.

Aholi va turoperatorlarni o‘ylantirayotgan asosiy masala – nima uchun aviaqatnovda joy qolmagani aytilsa-yu, salonda va shunga qaramay, 5-7 ta joy bo‘sh qolishi haqida gapirildi. Buni qanday tushunish mumkin yoki bu joylarni kim maxsus ushlab turadi.

Aviakompaniya vakillari batafsil javob berishdi: O‘zbekiston Prezidenti va hukumatining va to‘g‘ri siyosati tufayli 2021-yildan boshlab "maxsus bron" joylarni yopish amaliyoti to‘xtatildi. Va bugungi kunda biz barcha joylarni to‘liq erkin sotmoqdamiz. Agar siz salonda qatnovga kelmaganliklarni sezsangiz – bu shubhasiz, yo‘lovchi sog‘lig‘i, oilaviy sharoiti va boshqa sabablarga ko‘ra qatnovni o‘tkazib yuborgan yoki ko‘pincha ro‘yxatdan o‘tishga kechikkan bo‘lishi mumkin.
Ammo "joylarni yopish" va ularni qatnov jo‘nab ketgunga qadar sotmasdan ushlab turish haqida bo‘lsa, biz ham foyda olishdan manfaatdor bo‘lgan aviakompaniya singari – faqat yutqazamiz. Va muhim ma’lumot – 16-maydan boshlab biz fuqarolarimiz uchun yil boshidagi tarif narxlarini qaytardik. Ha, albatta, sayohatni oldindan rejalashtirish va optimal tariflar bo‘yicha chiptalarni sotib olishga ulgurish kerak. Sizning holatingizda, Nukusga talab yuqori bo‘lgani uchun, oldindan chipta sotib olishga ulgurishingiz kerak, qatnovga qancha yaqin bo‘lsa, albatta, tariflar biroz qimmatroq bo‘ladi. Bu xalqaro amaliyot.
"Ochiq muloqot"ning navbatdagi savoli va murojaati To‘rtko‘l shahri aeroporti qayta tiklanadimi, bu masalani ko‘rib chiqish bo‘yicha tegishli shaxslarga biror yo‘l bilan yetkaza olamizmi, degan mazmunda bo‘ldi. To‘rtko‘lda sayyohlar ko‘radigan joylar bor.

"So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ichki turizmni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Zomin, Qo‘qon, Shahrisabz, Sariosiyo aeroportlari qayta tiklandi. To‘rtko‘l aeroportini tiklash ham mintaqada turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat loyihasidir."
Sayyor qabulda xalqaro aviaqatnov bo‘yicha yana bir savol yangradi: nega Nukus - Istanbul - Nukus aviaqatnovi to‘xtatildi?
Javob: o‘tgan yili ushbu yo‘nalish aviakompaniyaga 500 ming AQSH dollaridan ortiq zarar keltirgan. Biz milliy aviakompaniya sifatida har bir resursdan samarali foydalanishimiz kerak. Ushbu resurslardan samarasiz foydalanganlik uchun aviakompaniya rahbariyati AJ Kuzatuv kengashi va umuman O‘zbekiston Respublikasi Hukumati oldida ham javobgardir. Shu sababli ushbu yo‘nalishdagi parvozlarni to‘xtatishga majbur bo‘ldik. Bugungi kunda Istanbulga Urganch, Buxorodan yoki Toshkent orqali AJ aviaqatnovlari bilan "tutashuv tariflari" bo‘yicha parvoz qilish mumkin.
Auditoriyadan, aftidan, ko‘pchilik kutgan murojaat yangradi:
Nukus-Toshkent aviaqatnovini yana bitta chastota qo‘shib, kuniga uch marta amalga oshirishni so‘raymiz. Ha, biz ushbu aviaqatnoviga talab juda yuqori ekanligini va juda ko‘p sayyohlar uchayotganini tushunamiz. Biz bundan xursandmiz. Ammo yozgi ta’til mavsumi boshlanyapti va har bir ota-ona farzandlari bilan poytaxtga va boshqa yo‘nalishlarga sayohat qilishni xohlaydi.
Javob: Bu masala juda dolzarb, yana bir bor eslatganingiz uchun rahmat. Aviaparkda havo kemalari yetishmasligi sababli, hozircha kuniga ikkita qatnovni amalga oshirishga majburmiz. Ma’lumki, 10-iyundan boshlab sayyohlar oqimi yoz mavsumi tufayli sezilarli darajada qisqaradi va sotuvda bo‘sh o‘rinlar mavjud. Shuni ta’kidlashni istardimki, amaliyotda shunday holatlar ham bo‘ladiki, ba’zida yo‘lovchilar Urganchga joy yo‘qligini bilib, Nukusga uchishga rozi bo‘lishadi, keyin esa yer usti transportida Urganchga yetib olishadi yoki aksincha, Urganchga uchib, Nukus shahriga yetib olishadi. Bu esa mazkur yo‘nalishlarga bo‘lgan talabning naqadar katta ekanini ko‘rsatadi.
Urganchda bo‘lgani kabi Nukusda ham yana bir chastotaga oshirish masalasini ko‘rib chiqamiz.

Sayyor qabul davomida, shuningdek, Nukus-Urganch qatnovini ochish, guruhli bron qilish, aviakompaniya veb-sayti bilan bir xil ilovada xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, tezkor ro‘yxatdan o‘tish – "Onlayn ro‘yxatdan o‘tish" xizmatini barcha uchun qulay va ochiq bo‘lishini ta’minlash, mehmonxonalarni aviakompaniya veb-sayti bilan integratsiya qilish va boshqa masalalar bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi.

Kadrlar siyosati masalasi har qachongidan ham dolzarb, shuningdek, aviakompaniyada ayol uchuvchilar faoliyat yuritadimi va Uzbekistan Airways’ning katta jamoasiga kirish uchun qayerda ta’lim olish mumkinligi haqida so‘raldi.
Toshkent davlat transport universiteti va Toshkentdagi Turin politexnika universiteti bizni kadrlar tayyorlash borasida qo‘llab-quvvatlamoqda. Aviakompaniya ayol uchuvchilarni yollash rejasidan ham manfaatdor ekanligi ma’lum bo‘ldi, chunki Silk Avia’da allaqachon uchta uchuvchi parvoz qilmoqda. Bizda ham bortkuzatuvchilarga talab bor, xohlovchilar tanlov e’lon qilingan paytdan boshlab ariza topshirishlari va aviakompaniyaning katta oilasiga kirish uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari mumkin.
Aviatashuvlar sotuvi agentlari va sayyohlik tashkilotlar vakillari jahon tajribasi asosida takomillashtirishni talab qiladigan masalalar bo‘yicha o‘z qarashlari bilan o‘rtoqlashdilar. Yo‘lovchi va yuk tashish bilan bog‘liq boshqa masalalar ham muhokama qilindi. Yo‘lovchilarni tashvishga soladigan masalalarning aksariyati joyida hal qilindi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar aviakompaniyaning tegishli tarkibiy bo‘linmalariga o‘tkazildi.
Uzbekistan Airways respublikaning barcha hududlarida bunday uchrashuvlarni tashkil etishda, yo‘lovchilarning takliflarini o‘rganish va xizmatlar sifatini oshirish ustida ishlashda davom etadi.