Uzbekistan Airways bilan uchuvchilik faoliyatini boshlang.
Avialayner boshqarishni va mamlakatning eng yirik aviakompaniyasida karyera qurishni orzu qilasizmi? Uzbekistan Airways Toshkentdagi O‘quv-mashg‘ulot markazi qoshidagi Uchuvchilar maktabiga qabulni davom ettirmoqda – bu sizning zamonaviy havo kemasi kabinasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘lingiz!
Maktab, kollej, litsey bitiruvchilari uchun:
"2 + 2" tizimi asosida ta’lim
- 2 yil institutda – fundamental texnik bilimlarni olish (Toshkent davlat transport universiteti va Toshkentdagi Turin politexnika universiteti).
2 yil – Uzbekistan Airways uchuvchilar maktabida.
- Uzbekistan Airways uchuvchilar maktabida 2 yil – nazariya amaliyotga aylanadi: zamonaviy trenajyorlar va xalqaro standartlar bo‘yicha haqiqiy parvozlar.
Oliy texnik ta’lim muassasalari bitiruvchilari uchun:
Yosh chegarasi – 20 dan 32 gacha, oliy texnik maʼlumot talab etiladi, harbiy xizmatni o‘tagan bo‘lishi shart. Ingliz tilini bilish darajasi quyidagi sertifikatlardan biri bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim: IELTS 6.0+, TOEFL iBT+, CEFR B2+, CAE/FCE yoxud ICAO shkalasi bo‘yicha 4-daraja yoki undan yuqori. Mukammal sog‘liq talab etiladi.
Ta’lim bosqichlari:
1-bosqich: Yevropalik mutaxassislarni jalb qilgan holda sertifikatlangan EASA (Yevropa Ittifoqi Aviatsiya xavfsizligi agentligi) dasturi bo‘yicha Toshkentda o‘tkaziladigan keng qamrovli nazariy tayyorgarlik. Nazariyadan imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirganlar xorijiy uchuvchilar tayyorlash markaziga yuboriladi.
2-bosqich: Amaliy tayyorgarlik Sloveniyadagi xalqaro hamkorlarimiz bazasida yevropalik malakali yo‘riqchilar (instruktorlar) rahbarligida o‘tkazilmoqda.
O‘qishni muvaffaqiyatli tugatgandan so‘ng kursantlar dunyoning ko‘plab mamlakatlarida tan olingan va karyera uchun katta imkoniyatlar ochadigan EASA xalqaro sertifikatiga ega bo‘ladilar.
Barcha bosqichlardan muvaffaqiyatli o‘tgan va mamlakatning eng yirik aviakompaniyasi Uzbekistan Airways’ga ishga taklif qilingan nomzodlar uchun o‘qish bepul bo‘lib, harajatlar aviakompaniya hisobidan qoplanadi.
Uchuvchi bo‘lish oson emas: tayyorgarlik ancha vaqt oladi, bilim va ko‘nikmalarni egallash esa deyarli butun umr davom etadi. Agar siz qiyinchiliklarga tayyor bo‘lsangiz, qiyinchiliklarni yengib o‘tishga va yuqori darajadagi professional bo‘lishga intilsangiz – arizangizni kutamiz: https://aviatraining.uz/avia-training-ru/pilot/
Barcha yangiliklar