Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Parijga aviaqatnovlar tiklanmoqda

2022 4 Aprel
391
Ulashing

«Uzbekistan Airways» AJ ikki yildan so‘ng Toshkent – ​​Parij – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni tiklanayotgani haqida ma’lum qiladi. Romantik shaharga parvozlar 2022-yil 29-apreldan boshlab 10-iyungacha haftada ikki marta – seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

Toshkent – Parij yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta narxi 4 038 862 so‘mdan (bagajsiz) va 4 777 879 so‘mdan (bagaj bilan), Toshkent – Parij – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha esa 7 582 047 so‘mdan (bagajsiz) va 8 772 182 so‘mdan (bagaj bilan) boshlanadi.  

Narxlar 04.04.2022 holatiga ko‘ra amal qiladi.

Chiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytida 3% chegirma bilan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilib olish mumkin.

 

PDF-ni yuklab oling