Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Oʻzbekistonga kelayotganlar uchun yangilangan karantin cheklovlari

2021 10 Dekabr
104
Ulashing

“Omikron” koronavirusining yangi shtammining tarqalishi munosabati bilan koronavirusga qarshi kurash boʻyicha Respublika komissiyasi Oʻzbekistonga Avstraliya, Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Daniya, Misr, Isroil, Italiya, Niderlandiya va Chexiyadan kelgan yoʻlovchilar 10 kunlik karantinni uyda yoki oʻz hisoblaridan mehmonxonada oʻtkazishlari haqida qaror qabul qildi.

Oʻzbekistonga kelgan har bir yoʻlovchi parvozdan 72 soat oldin koronavirusga topshirilgan PZR-testining manfiy natijasi toʻgʻrisidagi hujjatga ega boʻlishi kerak. Aks holda, yoʻlovchilar aeroport, vokzal va chegara oʻtish punktlarida koronavirusni aniqlash uchun ekspress-test topshirishga majbur boʻladilar.

Ayni vaqtda Oʻzbekiston Botsvana, Gonkong, Zimbabve, Lesoto, Madagaskar, Mozambik, Namibiya, Tanzaniya, Esvatini va Janubiy Afrika bilan havo qatnovlarini toʻxtatdi. Soʻnggi 14 kun ichida yuqorida qayd etilgan mamlakatlarga tashrif buyurgan yoʻlovchilar Oʻzbekistonga kirishga ruxsat etilmaydi.

Telegram: t.me/uzbekistanairways

PDF-ni yuklab oling