Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Chexiya Respublikasi Bosh vaziri Andrey Babish Kengaytirilgan hamkorlikni ilgari surish toʻgʻrisida qoʻshma deklaratsiyani imzoladilar.

Shuningdek, iqtisodiyot, sanoat, ilmiy va texnologik hamkorlik, diplomatik kadrlarni tayyorlash, metrologiya laboratoriyasini birgalikda loyihalashtirish va tashkil etishni qoʻllab-quvvatlash, metrologiya sohasidagi ilmiy-innovatsion hamkorlik, geologiya sohasidagi hamkorlik, elektropoyezdlarni yetkazib berish toʻgʻrisida va boshqa ikki tomonlama kelishuvlarni imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.
Foto: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati
Barcha yangiliklar