Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish uchun ko‘proq imkoniyatlar yaratamiz

2023 13 Dekabr
303
Ulashing

   OTM, professional va kasb-hunar talaba-o‘quvchilari uchun taqdim etilgan chegirmalarni hisobga olgan holda, biz qo‘shimcha aviaqatnovlarni joriy etamiz:

  • Toshkent – Buxoro – Toshkent – 23, 25, 26, 29-dekabr;
  • Toshkent – Nukus – Toshkent – 23, 24, 29-dekabr;
  • Toshkent – Termiz – Toshkent – 23, 25-dekabr;
  • Toshkent – Farg‘ona – Toshkent – 25-dekabr;
  • Toshkent – Urganch – Toshkent – 25, 26, 27, 28, 29-dekabr;
  • Toshkent – Qarshi – Toshkent – 27-dekabr;
  • Toshkent – Namangan – Toshkent – 29-dekabr.

Uzbekistan Airways Sales filialida, aviakompaniya agentlaridan va veb-saytda parvozlar jadvali bilan tanishishingiz hamda aviachiptalarni xarid qilishingiz mumkin. Talabalar uchun mo‘ljallangan chegirmali aviachiptalarni xarid qilish uchun Uzbekistan Airways Sales filialiga yoki aviakompaniya agentlariga murojaat qilishingiz va davlat universitetida o‘qiyotganingizni tasdiqlaydigan hujjat yoki QR kodga ega bo‘lishingiz kerak.

PDF-ni yuklab oling