Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Orzular amalga oshgan paytda

2023 3 May
456
Ulashing

O‘zbekiston Respublikasining aviatsiya kadrlarini tayyorlash va qayta o‘qitish bo‘yicha asosiy ta’lim muassasasi hisoblangan O‘quv-mashg‘ulot markazida “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tdi. Tadbir aviatsiya bilan bog‘liq kasblarni, xususan, uchuvchi va parvozlarni ta’minlash bo‘yicha mutaxassis hisoblangan Flight Dispatch/Operational Control Center’ni ommalashtirishga qaratilgan loyiha doirasida o‘tkazildi.  

Photo 1

Photo 2

Uchrashuvda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari, aviakompaniya va O‘quv-mashg‘ulot markazi vakillari ishtirok etdi. “Uzbekistan Airways” AJ boshqaruvi raisi Shuhrat Xudayqulov mamlakatimiz rahbariyati tomonidan aviatsiya sohasi va kadrlarini tayyorlashga katta e’tibor qaratilayotganini ta’kidlab, tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni kasbga yo‘naltirish masalalariga ham to‘xtab o‘tdi. “Uzbekistan Airways” AJ Parvozlar xizmati va O‘quv-mashg‘ulot markazi rahbarlari esa aviakompaniyadagi mehnat sharoitlari haqida nutq so‘zladilar.

Tadbirda “Uzbekistan Airways” AJga ishga joylashish uchun nomzodlarga qo‘yiladigan talablar, uning bosqichlari va bo‘lajak uchuvchilarni tayyorlash masalalari tashrif buyurganlarga atroflicha tushuntirildi. Yoshlar uchun O‘quv-mashg‘ulot markazi bo‘ylab ekskursiya o‘tkazilib, havo kemalari simulyatorlari namoyish etildi.

Umrini aviatsiyaga bag‘ishlamoqchi bo‘lganlar uchun bunday uchrashuvlar doimiy ravishda o‘tkazilib turiladi.  

PDF-ni yuklab oling