“Oʻquv-mashq markazi” MCHj tomonidan O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi havo kuchlari vakillari, “Uzbekistan Airways” AJ parvoz xizmati departamenti, “Oʻzaeronavigatsiya” DK va boshqa aviatsiya tashkilotlari ishtirokida oʻquv-amaliy seminar oʻtkazildi. 
 
Seminar doirasida mutaxassislar xalqaro aviaparvozlarni amalga oshirish va ta’minlash, ingliz tilida radiotelefon aloqasini yuritish, favqulodda vaziyatlarga xavfsiz javob berish, ogʻir ob-havo sharoitlarida aviaparvozlar xavfsizligini ta’minlash boʻyicha oʻz tajribalari bilan oʻrtoqlashdilar. 
 
“Uzbekistan Airways” AJ Axborot xizmati.  
“Oʻquv-mashq markazi” MCHjdan oʻquv-amaliy seminar
                    Ulashing
                    
                
                     Barcha yangiliklar
Barcha yangiliklar