Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

O‘quv-mashg‘ulot markazida yong‘in xavfsizligi tadbiri bo‘lib o‘tdi

2023 4 Mart
61
Ulashing

2023-yilning 2-mart kuni Uzbekistan Airways tarkibiy bo‘linmasi hisoblangan “O‘quv-mashg‘ulot markazi” MCHJda “Yong‘in sodir bo‘lganda o‘quv markazi boshqaruv organlari, fuqaro muhofazasi bo‘linmalari va shaxsiy tarkibining harakatlari” mavzusi bo‘yicha yong‘in xavfsizligi tadbiri bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil topganining 27 yilligi hamda xavfli vaziyatlarning oldini olish maqsadida o‘tkazildi.

Tadbir davomida vazirlik xodimlari tomonidan ishtirokchilarga yong‘in sodir bo‘lganda o‘zini qanday tutish va harakat qilish, qanday xavfsizlik qoidalariga rioya qilish kerakligi tushuntirildi. Shu bilan birga, yong‘in kelib chiqishi mumkin bo‘lgan sabablarning oldini olish, yong‘in paytida jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish jarayoni namoyish etildi. Shuningdek, qutqaruv ishlari va yong‘in holatlarida qo‘llaniladigan maxsus texnik vositalardan to‘g‘ri foydalanish, ularning turlari va xususiyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

PDF-ni yuklab oling