Uzbekistan Airways faqatgina 2025-yil 1-oktabr O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan HY qatnov operatori bo‘lgan aviakompaniyaning barcha muntazam qatnovlarida (shu jumladan respublika ichidagi) e’lon qilingan individual ekonom va biznes-klass tariflariga 15% gacha chegirma taqdim etilishini ma’lum qiladi;
Aksiyani o‘tkazish muddati – 2025-yil 1-oktabr;
– Tashish davri – cheklanmagan (tashishning amal qilish muddati qo‘llaniladigan tarif qoidalari bilan belgilanadi, aviachiptalarni e’lon qilingan jadvalga muvofiq rasmiylashtirishga ruxsat beriladi);
– Chegirma HY parvoz operatori bo‘lgan Uzbekistan Airways AJning o‘z reyslarida qo‘llaniladi. "Uzbekistan Helicopters" MCHJ (HY1001-1100) va "Silk Avia" aviaqatnovlarigatatbiq etilmaydi;
Berilgan chegirma miqdori:
- kattalar uchun – tarifning 15 foizigacha;
- 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar va salonda joy egallagan 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun – bolalar chegirmasi qo‘llanilgan holda e’lon qilingan tarifning 15 foizigacha;
- 2 yoshgacha bo‘lgan va salonda joy egallamaydigan bolalar uchun ushbu chegirma amal qilmaydi;
- 2025-yil 1-oktabrda Toshkent – Madrid – Toshkent yo‘nalishida 2025-yil 20-oktabrgacha amalda bo‘lgan 10% chegirma o‘rniga 15% gacha bo‘lgan miqdordagi ushbu chegirmani qo‘llashga ruxsat beriladi;
- Qaytarish/qayta bronlash/qayta rasmiylashtirish holatida tarifga taqdim etilgan chegirma qaytarish/qayta rasmiylashtirish/NO-SHOW uchun undiriladigan yig‘imlarga nisbatan qo‘llanilmaydi, bolalar uchun – belgilangan tartibda (25% chegirma qo‘llanilgan holda) undiriladi. Qisman foydalanilgan aviachiptani qaytarish summasini hisoblash uchun taqdim etilgan chegirma qo‘llanilmagan holda foydalanilgan aviauchastkadagi tarif chegirib tashlanadi;
- - Chegirma bilan to‘liq foydalanilmagan aviachiptalar qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan taqdirda, chegirmalarsiz tarifning to‘liq darajasiga qo‘shish zarur. Yo‘lovchining ismi, familiyasi va pasport ma’lumotlariga o‘zgartirishlar kiritish texnologiyasi doirasida aviachiptalarni qayta rasmiylashtirishda, shuningdek, to‘plangan ballar uchun xizmat ko‘rsatish sinfini Z sinfgacha oshirish istisno hisoblanadi.
- Ilgari sotib olingan aviachiptalar 2025-yil 1-oktyabrda qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan taqdirda, tarifga chegirma qo‘llanilmaydi;
- Chegirma bilan rasmiylashtirilgan qisman foydalanilgan aviachiptalar qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan taqdirda, qayta hisob-kitob aviachipta rasmiylashtirilgan sanada amalga oshiriladi (ya’ni chegirma qo‘llanilgan holda);
- Chegirmalarni birlashtirish taqiqlanadi, bolalar chegirmalaridan tashqari;
- Chegirma HY marketing tashuvchisi bo‘lgan CodeShare aviaqatnovlarida, tijorat shartnomalari (SPA) doirasida e’lon qilingan tariflar uchun, "Uzbekistan Helicopters" MCHJ (HY1001-1100) va "Silk Avia" aviaqatnovlarida, joylar blokini taqdim etish shartnomalari doirasida, shuningdek, guruhli bron qilish uchun qo‘llanilmaydi.