Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

“Omadli aviachipta” rag‘batlantiruvchi aksiyasini o‘tkazish to‘g‘risidagi ochiq oferta

2026 25 Yanvar
Ulashing

Ushbu hujjat “Uzbekistan Airways” AJ (keyingi o‘rinlarda — Tashkilotchi) tomonidan cheklanmagan shaxslar doirasiga “Omadli aviachipta” (keyingi o‘rinlarda — Aksiya) rag‘batlantiruvchi aksiyasida quyida bayon etilgan shartlar asosida ishtirok etish bo‘yicha rasmiy taklif (ommaviy oferta) hisoblanadi. 

Aksiyada ishtirok etish ushbu Ofertaning barcha shartlariga to‘liq va so‘zsiz rozilik bildirishni anglatadi. 

  1. Umumiy qoidalar
    1. Aksiya “Uzbekistan Airways” xizmatlaridan foydalanayotgan yo‘lovchilarga minnatdorchilik bildirish va sodiqlikni namoyon etish, shuningdek, rasmiy savdo kanallarini tanlaganliklari uchun tashakkur izhor qilish maqsadida o‘tkaziladi. Aksiyani o‘tkazish mijozlarni rag‘batlantirish, yo‘lovchilar bilan uzoq muddatli munosabatlarni mustahkamlash va aviakompaniya brendiga barqaror ishonchni shakllantirishga qaratilgan. 
    2. Aksiya rag‘batlantiruvchi va marketing xarakteriga ega bo‘lib, lotereya yoki tavakkalchilikka asoslangan o‘yin hisoblanmaydi hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq o‘tkaziladi.
    3. Aksiyaning Tashkilotchisi — “Uzbekistan Airways” AJ.

 

  1. Aksiyani o‘tkazish muddatlari
    1. Aksiyada ishtirok etish uchun aviachiptalarni xarid qilish davri: 2026-yil 26-yanvardan 29-yanvargacha (shu kuni ham).
    2. Aksiya yakunlarini e’lon qilish va g‘oliblarni aniqlash: 2026-yil 30-yanvar.

 

  1. Aksiya ishtirokchilari
    1. Belgilangan muddatda “Uzbekistan Airways” aviachiptalarini xarid qilgan, 18 yoshga to‘lgan jismoniy shaxslar Aksiya ishtirokchisi bo‘lishlari mumkin.
    2. Aksiyada faqat aviakompaniyaning rasmiy sayti yoki mobil ilovasi orqali xarid qilingan aviachiptalar ishtirok etadi.
    3. Agentliklar, vositachilar va begona servislar orqali xarid qilingan aviachiptalar Aksiyada ishtirok etmaydi.
    4. Aksiya shartlariga mos keladigan har bir aviachipta yutuqli o‘yinda alohida birlik sifatida ishtirok etadi.

 

  1. O‘tkazish mexanikasi va g‘oliblarni aniqlash
    1. Aksiya davrida xarid qilingan aviachiptalar haqidagi ma’lumotlar Tashkilotchi tomonidan ichki tartibda shakllantiriladi va qayta ishlanadi. 
    2. Ko‘rsatilgan ma’lumotlar asosida yutuqli o‘yinda ishtirok etish uchun aviachipta raqamlari tushirilgan identifikatsiya tashuvchilari tayyorlanadi.
    3. Tayyorlangan aviachipta raqamlari tasodifiy tanlash jarayoni uchun lototronga joylanadi.
    4. G‘oliblar jonli efirda, aviakompaniyaning vakolatli vakillari tomonidan lototrondan aviachipta raqamlarini tasodifiy chiqarib olish yo‘li bilan aniqlanadi.
    5. G‘olib aniqlangandan so‘ng ma’lumotlar tekshiriladi va chipta sotib olish vaqtida ko‘rsatilgan aloqa ma’lumotlari orqali telefon orqali xabar beriladi.
    6. Ketma-ket uch marta urinishdan so‘ng g‘olib bilan bog‘lanish imkoni bo‘lmasa, tegishli sovrin uchun qaytadan yutuqli o‘yin o‘tkaziladi.
    7. Aksiya doirasida jami 5 (besh) nafar g‘olib aniqlanadi.

 

  1. Sovrin jamg‘armasi
    1. Aksiya sovrin jamg‘armasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
  • 1-o‘rin: “Uzbekistan Airways”ning istalgan yo‘nalishi bo‘yicha ikki yo‘lovchi uchun parvoz sertifikati (ekonom klass);
  • 2-o‘rin: Toshkent – Kuala-Lumpur – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvoz sertifikati (ekonom klass);
  • 3-o‘rin: Toshkent – Istanbul – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvoz sertifikati (ekonom klass);
  • 4-o‘rin: Toshkent – Moskva – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvoz sertifikati (ekonom klass);
  • 5-o‘rin: Toshkent – Tbilisi yoki Batumi – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvoz sertifikati (ekonom klass).
    1. Sertifikatlar asosida aviachiptalarni rasmiylashtirish 2026-yil 31-dekabrgacha amalga oshiriladi.
    2. Sovrinlarning pul kompensatsiyasi to‘lanmaydi. Sovrinlarni almashtirish yoki boshqa shaxslarga o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.

 

  1. Shaxsiy ma’lumotlar
    1. Ishtirokchi o‘z shaxsiy ma’lumotlarini Tashkilotchi tomonidan faqat Aksiya o‘tkazish maqsadlarida to‘planishi, ishlanishi va saqlanishiga rozilik bildiradi.
    2. Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash aviakompaniyaning ichki axborot tizimlari doirasida, uchinchi shaxslarga o‘tkazilmagan holda amalga oshiriladi.
    3. 6.3. Shaxsga doir ma’lumotlardan shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiq foydalaniladi.

       

  2. Boshqa shartlar
    1. Tashkilotchi ishtirokchilar tomonidan shartlar bajarilishini tekshirish va qoidabuzarlik aniqlangan taqdirda natijalarni bekor qilish huquqiga ega.
    2. Tashkilotchi chipta xarid qilishda ko‘rsatilgan aloqa ma’lumotlarining noto‘g‘riligi uchun javobgar emas.
    3. Tashkilotchi tegishli ma’lumotlarni rasmiy veb-saytida joylashtirgan holda Aksiya shartlariga o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega. 
  3. Ofertaning amal qilish muddati
    1. Ushbu Oferta rasmiy saytda e’lon qilingan vaqtdan boshlab Aksiya yakunlanib, barcha g‘oliblar aniqlanguniga qadar amal qiladi.

 

  1. Yakuniy qoidalar
    1. Aksiyada ishtirok etish ushbu Oferta bilan to‘liq rozilikni anglatadi.
    2. Aksiyani o‘tkazish bilan bog‘liq barcha nizolar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq hal etiladi.
PDF-ni yuklab oling
AI Assistant
Yordam kerakmi?