Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Olmaotadan Samarqandga arzon narxlardagi parvozlar aksiyasi!

2021 11 Iyun
819
Ulashing

2021-yil 4-iyundan 30-iyunga qadar Olmaotadan Samarqandga arzonlashtirilgan narxlardagi ekonom va biznes klass uchun reklama tariflari amal qiladi.

Olmaota – Samarqand biznes klassiga aviachipta narxi – 1 604 171 soʻm, ekonom klass – 654 225 soʻm. Olmaota-Samarqand-Olmaota yo‘nalishidagi biznes klass aviachiptasi narxi – 3 242 488 soʻmni, ekonom klass esa 1 448 145 soʻmni tashkil etadi.

Shuni ta’kidlash joizki, reklama tariflari bagaj tashish me’yorini ko‘zda tutadi, ya’ni – ekonom klass uchun – 23 kg dan ortiq boʻlmagan 1ta joy, biznes klass uchun esa og‘irligi 32 kg dan ortiq boʻlmagan 1ta oʻrindiq joyi. Reklama tariflari doirasida chiptalarini boshqa turdagi tariflar bilan kombinatsiya qilish ta’qiqlanadi. Koʻrsatilgan tariflar doirasida bolalar uchun chegirmalar qoʻllanilmaydi.

Yuqorida koʻrsatilgan tariflar boʻyicha sotilgan aviachiptalarni qaytarish imkoniyati mavjud emas.

Aviachiptani qayta rasmiylashtirish esa faqat biznes klass tariflari uchun taqdim etiladi. Ekonom klass tarifiga koʻra, aviachiptani qayta rasmiylashtirish mumkin emas.

Narxlar, Oʻzbekiston Respublikasi MB kursi boʻyicha 10.06.2021-yil holatiga ko‘ra amal qiladi.

 

PDF-ni yuklab oling