26-mart kuni Uzbekistan Airways rahbariyati va vakillari ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv doirasida barcha xohlovchilar bevosita savollar berish va aviakompaniya faoliyati bilan bog‘liq dolzarb mavzularni muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Tadbir soat 11:00 da Al-Xorazmiy ko‘chasi, 48B manzilida joylashgan "Horizon Haven" mehmonxonasining konferensiyalar zalida boshlanadi. Ishtirok etish istagini bildirganlarni sayyor qabulga taklif etamiz!
Barcha yangiliklar