Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Mumbay – Uzbekistan Airways parvozlar xaritasidagi yangi nuqta

2024 1 Fevral
559
Ulashing

Uzbekistan Airways yo‘lovchilarni yangi yo‘nalishlar bilan xursand qilishda davom etmoqda. 1-apreldan boshlab siz Bollivud filmlarining vatani – Mumbayga sayohat qilishingiz mumkin!

Hindiston Uzbekistan Airways xalqaro aviaqatnovlarni amalga oshirishni boshlagan ilk davlatlardan biridir. 1992-yilda o‘zbekistonliklar va mamlakat mehmonlari Dehliga sayohat qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Bugungi kunda Dehliga aviakompaniya juma kunidan tashqari har kuni parvozlarni amalga oshirmoqda. 1-apreldan boshlab Uzbekistan Airways sayyoramizning eng zich joylashgan shaharlaridan biri bo‘lgan Mumbayga parvozlarni tiklamoqda.

Qisqasi, u yerda hayot rang-barang va sershovqin. Hammasi, aksariyat hind filmlaridagi kabi. Mumbayda yil davomida boshqa joylarga qaraganda ko‘proq filmlar ishlab chiqariladi. Kim biladi, ehtimol siz sayohat paytida film suratga olish jarayonining bir qismiga aylanishingiz mumkin? Hindiston megapolisida har qanday yoshdagi mehmonlar zerikmaydi: qadimiy yodgorliklar, noyob tabiat, rivojlangan infratuzilma va ko‘ngil ochish uchun ko‘plab imkoniyatlar mavjud.

Toshkent – Mumbay – Toshkent yangi aviaqatnovi haftasiga 2 marta – dushanba va shanba kunlari quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:

Dushanba kunlari:

  • Toshkentdan jo‘nab ketish soat 23:20 da, Toshkent vaqti bilan;
  • Mumbayga yetib borish keyingi kun soat 04:10 da, Mumbay vaqti bilan;
  • Mumbaydan jo‘nab ketish keyingi kun soat 5:40 da, Mumbay vaqti bilan;
  • Toshkentga yetib kelish keyingi kun soat 9:10 da, Toshkent vaqti bilan.

Shanba kunlari:

  • Toshkentdan jo‘nab ketish soat 8:50 da, Toshkent vaqti bilan;
  • Mumbayga yetib borish soat 13:40 da, Mumbay vaqti bilan;
  • Mumbaydan jo‘nab ketish soat 15:05 da, Mumbay vaqti bilan;
  • Toshkentga yetib kelish soat 18:35 da, Toshkent vaqti bilan

Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy www.uzairways.com saytida 3% chegirma bilan, ilovada, aviakompaniya agentlari va hozirda yangi manzilda joylashgan Uzbekistan Airways Sales filialida: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasi, 9-uyda xarid qilish mumkin.

PDF-ni yuklab oling