Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Moskvada O'zbekistonga bo'lgan charter qatnovini kutayotgan barcha yo'lovchilar diqqatiga!

2020 23 Mart
21658
Ulashing

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi aeroportlarda firibgarlarning paydo bo'lgani haqida xabar bermoqda. Ular fuqarolarimizning ishonchiga kirib, charter qatnoviga chipta sotish bilan bog'liq masalalarni messenjerlar orqali hal qila olishini va'da bermoqda. Yo'lovchilardan pasport ma'lumotlarini va chipta narxining 70% to'lovni oldindan amalga oshirishni talab qiladi. Aynan shu paytda ikki yurtdoshimiz shu firibgarlar tomonidan aldangan. 

Toshkentga bo'lgan charter qatnoviga chipta sotib olishni va'da qilgan shubhali shaxslar bilan aloqa qilishda ehtiyot bo'lishingizni so'raymiz.

Sizga barcha o'zgarishlar haqida xabar beramiz. Charterlar jadvali bizning uzairways.com saytimizda, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda https://t.me/koronavirusinfouz va https://t.me/uzbekmid telegram-kanallarida o'z vaqtida e'lon qilinadi.

PDF-ni yuklab oling