Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Markaziy Osiyo qanotlarida Toshkentdan Grozniyga sayohat qiling

2023 3 Iyun
352
Ulashing

Uzbekistan Airways Toshkent – Grozniy – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilayotganini ma’lum qiladi!

2023-yilning 26-mayidan boshlab Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Toshkent – Grozniy – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirishni boshlaydi.

HY701\702 reyslari Toshkentdan Grozniyga va ortga haftada ikki marta, dushanba\seshanba va payshanba\juma (ortga qaytuvchi reyslar keyingi kunga o‘tadi) kunlari quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:

  • Toshkentdan jo‘nab ketish dushanba va payshanba kunlari Toshkent vaqti bilan soat 21:30da
  • Grozniyga yetib kelish dushanba va payshanba kunlari Grozniy vaqti bilan 22:40 da 
  • Grozniydan jo‘nab ketish seshanba va juma kunlari Grozniy vaqti bilan 00:10 da
  • Toshkentga yetib kelish seshanba va juma kunlari, Toshkent vaqti bilan soat 04:45 da

Aviachiptalarni bir tomonlama yo‘nalishda 1 724 000 so‘mdan, Toshkent – ​​Grozniy – Toshkent yo‘nalishida esa 2 775 000 so‘mdan xarid qilish mumkin.

Eslatib oʻtamiz, Uzbekistan Airways’ning yangilangan rivojlanish konsepsiyasi yoʻnalishlar tarmogʻini kengaytirish va umuman parvozlar uchun eng qulay sharoitlarni yaratishga qaratilgan. Kelgusi to'rt yil ichida aviakompaniya har yili to'rttagacha yangi yo'nalish ochishni rejalashtirgan. Toshkent va Grozniy o‘rtasidagi havo aloqalari ana shu konsepsiyaning bir qismidir.

Toshkent – ​​Grozniy – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy www.uzairways.com sayti, UzAirways mobil ilovasi orqali, shuningdek, Uzbekistan Airways Sales filialida yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.

 

PDF-ni yuklab oling