Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Markaziy Osiyo qanotlarida foyda bilan parvoz qiling

2023 14 Iyun
256
Ulashing

    Haftalik "Yorqin payshanba" aksiyasida ishtirok etib, Uzbekistan Airways aviakompaniyasidan 20% chegirma bilan aviachiptalarni xarid qiling!

An’anaviy “Yorqin payshanba” aksiyamiz doirasida 2023-yilning 15-iyun kuni Uzbekistan Airways Toshkentdan Jakarta, Tokio, Dushanbe va ortga qaytuvchi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladigan barcha aviaqatnovlarning tariflarga 20% chegirma e’lon qiladi. Chegirma faqat bir kun, 15-iyun kuni soat 00:00 dan 23:59 gacha amal qiladi va yuqorida ko‘rsatilgan aviakompaniyaning barcha yo‘nalishlariga taqdim etiladi.

Aksiyasining batafsil shartlari:

  1. Aksiya muddati 2023-yil 15-iyun soat 00:00 dan 23:59 gacha;
  2. Taqdim etiladigan chegirma miqdori:
  • kattalar uchun tarifdan – 20%;
  • 2 yoshgacha va 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan salonda joy egallovchi bolalar uchun – bolalar tarifiga mos ravishda – 20%;
  • chegirma salonda joy egallamaydigan va 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun amal qilmaydi;
  1. Aviachipta qaytarilganda/qayta bronlashtirilganda/qayta rasmiylashtirilganda tarifga taqdim etilgan chegirma aviachiptani qaytarish/qayta bronlashtirish/NO-SHOW uchun undiriladigan yig‘imlarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Bolalar uchun belgilangan tartibda (25% chegirma bilan) undiriladi;
  2. Ilgari sotib olingan aviachiptalar 15.06.2023da qayta rasmiylashtirilsa yoki qayta bron qilinsa, tarifga chegirma qo‘llanilmaydi;
  3. Aviachiptalarni chegirma bilan aviakompaniyaning veb-saytida “Uzbekistan Airways Sales” filiali va uning agentlarida, shuningdek, xorijdagi vakolatxonalarimizda fuqaroligidan qat’iy nazar xarid qilish mumkin. Chegirma CODE SHARE reyslarida uchun qo‘llanilmaydi;
  4. Aviatashuv muddati cheklanmagan (aviatashuvning amal qilish muddati qo‘llanilgan tarif qoidalari bilan belgilanadi, aviachiptalarni e’lon qilingan berilgan jadval asosida rasmiylashtirishga ruxsat beriladi);
  5. Chegirmalarni birlashtirish taqiqlanadi;
  6. Chegirma e’lon qilingan barcha individual ekonom va biznes-klass tariflari uchun faqat Toshkentdan\ga Jakarta, Tokio, Dushanbe va orqaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘nalishlar uchun taqdim etiladi.

“Yorqin payshanba” aksiyasi doirasida aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy www.uzairways.com sayti, UzAirways ilovasi orqali, shuningdek, Uzbekistan Airways Sales filialida yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.

 

Uzbekistan Airways kompaniyasining "yorqin Payshanba" aksiyasi haqida:

"Yorqin Payshanba" aksiyasi belgilangan yo'nalishlar bo'yicha aviachiptalarni tarifdan 20% chegirma bilan sotib olish imkoniyatini beradi. Aksiya har hafta talab ko'p bo‘lgan va eng mashhur sayohat yo'nalishlari uchun taqdim etiladi.

PDF-ni yuklab oling