"Uzbekistan Airways" aksiyadorlik jamiyatida 2025 yil 24 iyun kuni "Uzbekistan airways" AJ xodimlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish va odob-axloq qoidalarga rioya qilishga bag'ishlangan "Xalqaro standartlar asosida korrupsiyaga qarshi tizimni joriy etish: xalqaro va milliy tajriba" mavzusida seminar bo'lib o'tdi.


Tadbir davomida aviakompaniya tarkibiy bo'linmalari rahbarlari va xodimlari ishtirok etdi.
Ushbu seminar korrupsiyaga qarshi kurashish va biznesda halolikni ta’minlash, jumladan, aviakompaniyaning korrupsiyaga qarshi kurash tizimini rivojlantirish, xarid va sanksiya komplayensiyasini amalga oshirish, korporativ odob-axloq kodeksi va korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatiga rioya qilish, shuningdek, aviakompaniyaning belgilangan vazifalariga erishish uchun bilim va amaliyot almashish, hamkorlik va o’zaro xarakatlarni mustahkamlash masalalarni muhokama qilish uchun tashkil etilgan.


Spiker sifatida KPMG Markaziy Osiyo va Kavkaz forenzik departamenti rahbari, hamkor Farrux Abdullaxanov taklif etildi va u korporativ sektorda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining o‘ziga xos xususiyatlarini, jumladan, firibgarlik va korrupsiya xavfini boshqarish, javobgarlik va jazoning muqarrarligini oshirish, davlat xaridlarini amalga oshirishda shaffoflik, axloqiy qoidalarga rioya qilish va biznesning halolligini ta’minlash masalalarini batafsil tushuntirdi.

Bugungi kunda aviakompaniyada Kuzatuv Kengashi huzuridagi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati va aviakompaniyaning komplaens-nazorati xizmati mavjud bo'lib, ular birgalikda tashkilot ichida korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatini amalga oshirish va ISO 37001:2016 standarti bo'yicha AJni sertifikatlash uchun tayyorgarlik choralarini amalga oshirishmoqda.


Seminar ishtirokchilariga aviakompaniya funksiyalari kesimida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining asosiy elementlari va korrupsiyaga qarshi tartib-qoidalar tahlili, shuningdek, alohida funksiyalarga xos bo‘lgan korrupsiyaviy xavf-xatarlar taqdim etildi.

Umuman olganda, ushbu tadbir korrupsiyaning dolzarb sabablari va firibgarlik imkoniyatlari, shuningdek, yaqin kelajakda ularga qarshi kurashishning keyingi ustuvor yo‘nalishlari haqida tushuncha hosil qilish imkonini berdi. Seminar yakunida ekspert, ishtirokchilar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiya va tashabbuslar ilgari surildi.