Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Ketring xizmati bort taomlarning halolligini kafolatlaydi

2023 8 Fevral
440
Ulashing

“Uzbekistan Airways” AJ tarkibiy bo‘linmasi hisoblangan “Ketring” MCHJ yo‘lovchilar uchun har doim mazali, foydali va dunyo standartlariga javob beruvchi taomlar tayyorlaydi.

Ketring xizmati ISO 22000:2018 xalqaro standarti talablariga muvofiq oziq-ovqat xavfsizligini boshqarish tizimini joriy qildi. Hozirgi paytda havo kemalarining yo‘lovchilari, ekipajlari va texnik xodimlari uchun islom qonunlariga muvofiq parvoz paytida ovqat tayyorlashni tasdiqlovchi GSO 2055-1:2016, HAS 23000 &23021, MS 1500:2009 standartlari sertifikatlariga ega.

2020-yil 8-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy sertifikatlashtirish tizimi tomonidan “Ketring” MChJga Q’z DSt ISO 22000 standarti talablariga ko‘ra halollik sertifikati berildi. 2020-yil 11-sentabrda “Ketring” MChJ “Русский Регистр” sertifikatlashtirish assotsiatsiyasidan oziq-ovqat xavfsizligini boshqarish tizimining ISO 22000:2018 xalqaro standarti talablariga ko‘ra halollik sertifikatini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, 2022-yilning 6-aprelida “Ketring” MChJga “Kaznur Standard” tomonidan “Halol” sertifikati taqdim etildi.

Hozirgi kunda ketring xizmati Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya qoidalari va me’yorlari talablariga javob beradigan, IATA standartiga mos keladigan: vegetarian, hind, musulmonlar taomi, bolalar ovqatlari, mevali oziq-ovqatlar, kosher ovqatlari, tarkibida glyuten (kleykovina) boʻlmagan maxsus oziq-ovqat turlarini yo‘lovchilarga taqdim etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yilning yanvar oyida aviakompaniya 44 ta yo‘nalishdagi aviaqatnovlarda yangi menyu konsepsiyasini yo‘lga qo‘ydi.

PDF-ni yuklab oling