Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Kelajakka intilgan yoshlar

2022 1 Iyul
275
Ulashing

12345

O‘zbekiston yoshlariga davlatimiz tomonidan har tomonlama e’tibor qaratilmoqda. Yosh yigit-qizlar barcha shart-sharoitlardan foydalanib, o‘zlarini har bir sohada namoyon etib, O‘zbekiston kelajagi uchun g‘oya va tashabbuslarni amalga oshirmoqda.  

30-iyun – Yoshlar kuni arafasida “Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni imzolandi. Eng shijoatli, tashabbuskor va yuksak maqsad egalari, turli sohalarda muvaffaqiyatga erishgan yoshlar taqdirlandi. Mukofotlanganlar ro‘yxatida Axmadjon G‘ulomov, «Uzbekistan airways» Aksiyadorlik jamiyatining Uchuvchilar xizmati departamenti A-320 havo kemasi komandiri ham bor. U “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi.  

Axmadjon G‘ulomov:

– Ushbu e’tirof nafaqat meniki, balki birinchi navbatda ustozlarimning mehnatlari deb hisoblayman. Bugungi kunda biz, yoshlar mamlakatimiz kelajagi uchun mas’ul bo‘lishiz kerak. Hukumatimizning yosh avlodga qaratayotgan e’tibori yuqori darajada. Biz Vatanimiz ravnaqi yo‘lida xizmat qilishga tayyormiz.  

PDF-ni yuklab oling