Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

“Kelajak uchuvchilari” tanlovi yakunlari sarhisob qilindi!

2026 18 Avgust
Ulashing

AZIZ YOSHLAR VA TANLOV ISHTIROKCHILARI!

Avvalo, barchangizni yurtimiz mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz!

Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga bo‘lgan e’tibor va g‘amxo‘rlik tobora yuksalib, ularning bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarishi, iste’dod va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.

Ana shunday ezgu maqsadlar asosida tashkil etilgan «Kelajak uchuvchilari» nomli Boshqaruv raisi kubogi tanlovi ham yoshlarning aviatsiya sohasiga bo‘lgan qiziqishi, bilim va salohiyatini namoyon etishlari uchun muhim maydon bo‘ldi.

Nomzodlar orasidan saralab olingan eng munosib ishtirokchilar o‘rtasida o‘tkazilgan ovoz berish natijalariga ko‘ra, 4  nafar g‘olib aniqlandi:

Tanlov doirasida ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan videoroliklar hakamlar hay’ati tomonidan baholandi. Natijalarga ko‘ra, birinchi o‘rinni bir vaqtning o‘zida 4 nafar ishtirokchi – Amirxon (https://www.instagram.com/amirxon_rasulov/ ), Muslim (https://www.instagram.com/komron.abdaliev/ ), Timur (https://www.instagram.com/muslimbek_ixtirochi/ ), Kamron (https://www.instagram.com/p/Db2LxRQCUzO/ ) egalladi.

Shuningdek, tanlov ishtirokchisi Amirxon qiziqarli va mazmunli kontenti hamda ovoz berishda eng yuqori ball to‘plagani uchun aviakompaniyaning alohida maxsus sovrini bilan taqdirlanadi.

Shuningdek, tanlov ishtirokchilari orasidan o‘zining mazmunli, qiziqarli va sifatli videoroliklari bilan ajralib turgan yana 6 nafar ishtirokchi hakamlar hay’ati tomonidan alohida e’tirof etildi – Alixon (https://www.instagram.com/reel/Dbv-n8aNspy/?igsh=M25lMXBrcTc5amJ0&igsi=M25lMXBrcTc5amJ0 ), Baxodir ( https://www.instagram.com/reel/DbzXkZZoyia/?igsh=MWhsOGc1NW8yZjU3Zg==&igsi=MWhsOGc1NW8yZjU3Zg== ), Bekzod (https://www.instagram.com/reel/Dbe3v_BooUj/?igsh=dHQ4a29yeG50cHli&igsi=dHQ4a29yeG50cHli ), Bobur ( https://www.instagram.com/reel/Db6KY-yMsg2/?igsh=czh6NGN0NXZ6cHA2&igsi=czh6NGN0NXZ6cHA2 ), Ismoil (https://www.instagram.com/reel/Dbqx7Cwto6Y/?igsh=a3YwcDRuaDc5cGp5&igsi=a3YwcDRuaDc5cGp5 ), Rustam (https://www.instagram.com/reel/Db6OadQIkK7/?igsh=MXhreWM3N2tjMzVkZw==&igsi=MXhreWM3N2tjMzVkZw== ). Ularga ham esdalik sovg‘alari topshiriladi.

Tanlovning 4 nafar g‘olibi hamda qo‘shimcha 6 nafar yutuq egasi yurtimiz mustaqilligining 35-yilligi arafasida munosib ravishda taqdirlanadilar.

Taqdirlash bilan bog‘liq tashkiliy masalalar yuzasidan tashkilotchilar  o‘rnatilgan  tartibda bog‘lanadilar.

Tanlovda ishtirok etgan barcha yoshlarga faolligi, intilishi va tashabbuskorligi uchun samimiy minnatdorchilik bildiramiz! 

PDF-ni yuklab oling
AI Assistant
Yordam kerakmi?