Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Janubiy Koreyaga borayotgan yo‘lovchilar diqqatiga

2022 14 Iyun
1983
Ulashing

“Uzbekistan Airways” AJ Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘iston Respublikasi fuqaroligiga ega bo‘lgan yo‘lovchilarga Koreyaga kirish qoidalari haqida ma’lumot beradi. Janubiy Koreya rasmiylari talabiga ko‘ra, 2022-yil 30-martdan boshlab Toshkent – ​​Seul yo‘nalishi bo‘yicha qatnovchi yuqoridagi davlatlarning yo‘lovchilari Koreyaga kirish uchun ruxsat olishlari kerak.

K-ETA arizalarini topshirish orqali oddiy pasport egalarini Koreya Respublikasiga yana 60 kundan (Rossiya fuqarolari) va 30 kundan (Qozog‘iston fuqarolari) ko‘p bo‘lmagan muddatga vizasiz kirishlari mumkin bo‘ladi.

Hozirda Koreya Respublikasida chet el fuqarolarining kirishiga ruxsat beruvchi “K-ETA” elektron tizimi mavjud bo‘lib, unga ko‘ra mamlakatga vizasiz rejimda kelayotgan xorijliklar parvozdan kamida 24 soat oldin  www.k-eta.go.kr (http://www.k-eta.go.kr/) saytida Janubiy Koreya hukumati tomonidan mamlakatga kirish uchun ruxsat olish uchun rejalashtirilgan sayohat haqida elektron bildirishnoma taqdim etish talab qilinadi.

Koreyaga rirish ruxsatnomasi bo‘lmasa, Uzbekistan Airways yo‘lovchilarni havo kema bortiga qatnov uchun chiqarmaslikka majbur bo‘ladi.

PDF-ni yuklab oling