Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Istanbulga har kuni

2022 14 May
373
Ulashing

Istanbul – o‘zbekistonliklar uchun aviaqatnovlardagi eng mashhur yo‘nalish. Hashamatli, ajoyib, yoqimli, noyob tuyg‘u va jozibadorlik bilan o‘ziga jalb etuvchi degan tariflariga munosib Istanbul – bu to‘rtta imperiyaning poytaxti bo‘lib ulgurgan shaharga berilgan sifatlarning to‘liq ro‘yxati emas.  

Bugungi kunda Uzbekistan Airways Toshkent, Samarqand, Farg‘ona va Urganch shaharlaridan Istanbulga muntazam qatnovlarni bajarmoqda. Aviaqatnovlar har kuni zamonaviy Boeing va Airbus havo kemalarida amalga oshirilmoqda.  

Istanbulga qatnovlar haftaning quyidagi jadvaliga muvofiq amalga oshirilmoqda:

  • Farg‘onadan haftasiga uch marta – dushanba, chorshanba va shanba kunlari;
  • Samarqanddan haftasiga uch marta – dushanba, chorshanba va juma kunlari;
  • Urganchdan ikki marta – seshanba va juma kunlari;
  • Toshkentdan Istanbulga qatnovlar har kuni amalga oshiriladi, bu esa mazkur shahar yo‘lovchilari orasida talab yuqori bo‘lganligi bilan bog‘liq.    

Ta’kidlab o‘tish joiz, ertaga, 2022-yil 15-maydan Uzbekistan Airways Buxorodan Istanbulga parvozlarni boshlaydi, aviaqatnovlar haftasiga ikki marta – yakshanba va payshanba kunlari amalga oshiriladi.

PDF-ni yuklab oling