Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Istanbul: Yaqin insoningiz bilan sayohat qilish uchun 5 g`oya

2022 20 Yanvar
20
Ulashing

14-fevralgacha hali vaqt ko’p bo‘lsa-da, Uzbekistan Airways jamoasi allaqachon Istanbulni kezish uchun 5 g‘oyani tayyorlab qoʻygan:

1. Shahzodalar oroli ko‘chalarida otda sayr qiling va o‘zingizni ertak qahramonlaridek his eting.

2. Osma yo‘l bilan Pyer Loti tepaligiga ko‘tariling. U yerda siz olmali choy yoki an’anaviy turk qahvasini ta‘tib ko‘rishni unutmang.

3. Shahar manzarasi kaftdek namoyon bo‘ladigan Galata minorasiga tashrif buyuring va minora hududidagi restoranda karamel qaylali an’anaviy Trileche pirogini ta’tib ko‘ring.

4. Uskudar qirg‘og‘i bo‘ylab piyoda kezib, Qiz minorasining go‘zalligini his qiling, rang-barang do‘konlar joylashgan hududning sokin ko‘chalari bo‘ylab sayr qiling.

5. Bosfor bo‘g‘ozida sayohat  qiling, o‘zingiz bilan chagʻalay qushlari uchun don olib borishni unutmang va Qiz minorasi hududida tushlik qiling.

Uzbekistan Airways bilan birgalikda siz deyarli har kuni Oʻzbekistonning toʻrtta nuqtasidan: Toshkent, Samarqand, Fargʻona va Urganchdan Istanbulga sayohat qilishingiz mumkin.

Toshkent – Istanbul yoʻnalishida aviachipta narxi 2 659 000 soʻmdan, Toshkent – Istanbul – Toshkent yoʻnalishidagi esa 4 057 000 soʻmdan boshlanadi.

Samarqand, Farg‘ona va Urganchdan Istanbulgacha aviachiptalar narxi 2 597 000 dan, borib-kelish aviachiptalari esa 3 995 000 so‘mdan boshlanadi.

Narxlar 19.01.2022 holatiga ko‘ra amal qiladi.

Izohlarda Istanbuldagi sevimli manzillaringizni biz bilan boʻlishishni unutmang.

Telegram: t.me/uzbekistanairways

PDF-ni yuklab oling