“Uzbekistan Airways” AJ bosh ofisi va “Uzbekistan Airways Sales” filiali xodimlari an’analar hamda milliy o‘zlikka bo‘lgan hurmatlarini namoyish ettirgan holda, ishbilarmonlik uslubini milliy madaniyat namunalari bilan uyg‘unlashtirmoqda.
Ularning qiyofasida klassik ofis uslubiga yorqin milliy urg‘u beruvchi betakror mato – xon-atlas alohida o‘rin tutadi. Bunday detallar nafaqat tashqi ko‘rinishga ko‘rk bag‘ishlabgina qolmay, balki O‘zbekistonning boy madaniy merosini aks ettirib, korporativ uslubga o‘ziga xoslik baxsh etadi.




Barcha yangiliklar