Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Havo kemasi sahnida qoidalarga rioya eting

2023 18 Mart
180
Ulashing

“Uzbekistan Airways” Aksiyadorlik jamiyati o‘z aviaqatnovlarida har bir yo‘lovchini bir manzildan ikkinchi manzilga xavfsiz yetkazishda javobgar hisoblanadi. Havo kemasida yo‘lovchi va xizmat ko‘rsatadigan xodimlarga qo‘pol munosabatda bo‘lish salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Jumladan, bu kabi vaziyat nafaqat yo‘lovchining o‘ziga, balki o‘z manziliga yetib borishini kutayotgan barcha yo‘lovchilarga ham ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. 

Afsuski, shunday vaziyat Uzbekistan Airways aviaqatnovida yuzaga kelgan. Yaxshiyamki, mazkur salbiy holat havo kemasi o‘z manziliga yetib kelganidan keyin sodir bo‘lgan bo‘lib, quyidagi tafsilotlarga ega.

2023-yilning 8-fevral kuni HY-9650 Qozon – Toshkent aviaqatnovi Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo‘ngan. Yo‘lovchi M.S. ekipaj a’zosi – bortkuzatuvchi H.X.ga nisbatan qo‘pol muomalada bo‘lib, havo kemasida janjal ko‘targan. Ushbu holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan ma’muriy ish yuritildi. Mazkur ma’muriy ish sud tartibida ko‘rib chiqilib, yo‘lovchi M.S. yuqorida ko‘rsatilgan moddada qayd etilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) besh baravari miqdorida jarima jazosi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, aviakompaniya quyidagi hollarda tashuvni rad etishga haqqi bor:

– agar bu parvozlar xavfsizligi va yo‘lovchilar salomatligi uchun zarur bo‘lsa;

– tashuvlar uning hududida, hududidan yoki hududi orqali amalga oshirilayotgan har qanday mamlakat davlat organlarining tegishli qonunlari, qarorlari, qoidalari va farmoyishlari buzilishining oldini olish maqsadida;

– yo‘lovchi Tashuvchi qoidalari, yo‘riqnomalari va ko‘rsatmalarining talablarini bajarishni rad etishi munosabati bilan;

– yo‘lovchining bemorligi tufayli, agar uning salomatligi o‘zi va atrofidagilar uchun xavf tug‘dirgan taqdirda;

– agar yo‘lovchi noto‘g‘ri rasmiylashtirgan hujjatlarga ega bo‘lsa.

– xavf tug‘diruvchi yoki boshqa shaxslar va ularning mulkiga zarar keltiririshi mumkin bo‘lgan shaxslarga;

– mast holdagi yoki narkotik modda iste’mol qilgan yo‘lovchiga;

– hatti-harakati bilan aviatransportdan foydalanishning belgilangan qoidalarini buzayotgan yo‘lovchiga.

Shu bilan bir qatorda, ayrim hollarda, yo‘lovchiga Tashuvchining aybi bilan band qilingan qatnovda tashish rad etilgan chog‘da, oxirgi bo‘lib qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatilishi yoki belgilangan me’yorlar bo‘yicha tovon to‘lanishi mumkin.

Hurmatli yo‘lovchilar! 

Ekipaj a’zolari (uchuvchi va bortkuzatuvchilar), o‘zingiz va boshqa yo‘lovchilarni ham xurmat qilgan holda “Yo‘lovchining havo kemasi ichidagi yurish-turish qoidalari”ga (https://www.uzairways.com/uz/yolovchi-tashish-qoidalari) qat’iy rioya qilishingizni so‘raymiz.

PDF-ni yuklab oling