Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Hurmatli talabalar, chegirmali chiptalar allaqachon sotuvda!

2025 10 Dekabr
Ulashing

 

"Uzbekistan Airways" AJ rahbariyatining qaroriga asosan, Vazirlar Mahkamasining 03.10.2022-yildagi "Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari talabalari va o‘quvchilarining qishki ta’tilini tashkil etish to‘g‘risida"gi 560-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida quyidagilarga ruxsat etiladi:

2025-yil 26-dekabrdan 2026-yil 11-yanvargacha (2026-yil 11-yanvar ham kiradi) amalga oshiriladigan aviaqatnovlarda o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari talabalari (o‘quvchilari) ga respublika ichki yo‘nalishlari bo‘yicha O-klass va undan yuqori ekonom klass tariflarining 50 foizi miqdorida chegirma bilan aviachiptalar sotilsin.

Chegirma o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari talabalariga (o‘quvchilariga) YaIDXP orqali onlayn yoki ta’lim muassasasidan olingan ma’lumotnoma yoxud "O‘zbekiston Respublikasi elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi" DMdan elektron shaklda olingan tasdiqnoma asosida taqdim etiladi.

Eslatma:

1. Chegirmalar 2025-yil 26-dekabrdan 2026-yil 11-yanvargacha (shu kuni ham) amalga oshiriladigan respublika bo‘yicha mahalliy aviaqatnovlarga amal qiladi.

2. Chegirma kodi (ticket designator) - SD50.

3. Bir nechta chegirmalarni birlashtirish taqiqlanadi.

4. Sotish to‘g‘risidagi hisobotga YaIDXP orqali onlayn tarzda yoki ta’lim muassasasidan olingan ma’lumotnomalar yoki "O‘zbekiston Respublikasi elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi" DMdan elektron shaklda olingan tasdiqnoma ilova qilinishi lozim.

5. Chegirmali aviachiptalar "Uzbekistan airways" AJning "Uzbekistan airways sales" filialida, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi "Uzbekistan airways sales" filialining sotuv agentlarida va "Uzbekistan airways" AJning www.uzairways.com rasmiy veb-saytida ("O‘zbekiston Respublikasi elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi" DMdan elektron shaklda olingan tasdiqnoma asosida) sotiladi.

Bunda "Uzbekistan airways sales" filiali agentlariga vositachilik haqini to‘lashga ruxsat beriladi.

6. 2025-yil 10-dekabrdan chegirma bilan sotishga ruxsat berildi.

7. L bronlash klassi tarifidan, biznes-klass tarifidan, shuningdek, "Uzbekistan Helicopters" va "Silk Avia" MCHJ reyslariga chegirma taqdim etilmaydi.

8. Agar sanalardan biri chegirma amal qiladigan davrga to‘g‘ri kelmasa, tashishni turli aviachiptalar bilan rasmiylashtirish zarur.

9. Qaytarilgan/qayta bron qilingan/qayta rasmiylashtirilgan taqdirda tarifga taqdim etilgan chegirma qaytarish/qayta rasmiylashtirish uchun undiriladigan yig‘imlarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Qisman foydalanilgan aviachiptani qaytarish summasini hisoblash uchun chegirma qo‘llanilmagan holda foydalanilgan aviaqatnov qismidagi tarif chegirib tashlanadi.

10. Foydalanilmagan yoki qisman foydalanilgan aviachipta qayta rasmiylashtirilgan taqdirda, agar uchish sanalaridan biri chegirmalar taqdim etiladigan davrga to‘g‘ri kelmasa, butun tashish yo‘nalishi bo‘yicha tarifning to‘liq darajasiga chegirmalar qo‘llanilmagan holda qo‘shish zarur.

Eslatma: Yo‘lovchi tashish tarifiga qo‘shimcha ravishda chegirma qo‘llanilmaydigan soliqlar, yig‘imlar va qo‘shimcha to‘lovlar qo‘shiladi. 

PDF-ni yuklab oling
AI Assistant
Yordam kerakmi?