Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Hamyonbop tarzda sayohat qilish mumkin emas? Uzbekistan Airways buning aksini isbotlaydi

2023 20 Sentabr
621
Ulashing

   2023-yil 21-sentabr kuni “Yorqin payshanba” aksiyasi doirasida Toshkentdan Ostona, Boku, Grozniy, Nyu-York, Omsk, Seul, Ufa, Sharja va ortga qaytuvchi yo‘nalishlar uchun eʼlon qilingan jadval tugaguniga qadar barcha aviaqatnovlarga tariflar narxidan 20% chegirma eʼlon qilamiz.

Aksiya bir kun davomida – 00:00 dan 23:59 gacha amal qiladi va aviachiptalarni www.uzairways.com sayti, mobil ilova, Uzbekistan Airways Sales filiali yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilishingiz mumkin.

Aksiyasining batafsil shartlari:

  1. Aksiya muddati 2023-yil 21-sentyabr soat 00:00 dan 23:59 gacha;
  2. Taqdim etiladigan chegirma miqdori:
  • kattalar uchun tarifdan – 20%;
  • 2 yoshgacha va 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan salonda joy egallovchi bolalar uchun – bolalar tarifiga mos ravishda – 20%;
  • chegirma salonda joy egallamaydigan va 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun amal qilmaydi;
  1. Aviachipta qaytarilganda/qayta bronlashtirilganda/qayta rasmiylashtirilganda tarifga taqdim etilgan chegirma aviachiptani qaytarish/qayta bronlashtirish/NO-SHOW uchun undiriladigan yig‘imlarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Bolalar uchun belgilangan tartibda (25% chegirma bilan) undiriladi;
  2. Ilgari sotib olingan aviachiptalar 21.09.2023da qayta rasmiylashtirilsa yoki qayta bron qilinsa, tarifga chegirma qo‘llanilmaydi;
  3. Chegirma bilan qisman foydalanilgan aviachiptalar qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan taqdirda, qayta hisob-kitob aviachipta chiqarilgan sanada (ya’ni chegirma qo‘llanilgan holda) amalga oshiriladi;
  4. Aviatashuv muddati cheklanmagan (aviatashuvning amal qilish muddati qo‘llanilgan tarif qoidalari bilan belgilanadi, aviachiptalarni e’lon qilingan berilgan jadval asosida rasmiylashtirishga ruxsat beriladi);
  5. Chegirmalarni birlashtirish taqiqlanadi;
  6. Chegirma e’lon qilingan barcha individual ekonom va biznes-klass tariflari uchun faqat Toshkentdan Ostona, Boku, Grozniy, Nyu-York, Omsk, Seul, Ufa, Sharja va ortga qaytuvchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘nalishlar uchun taqdim etiladi. CodeShare aviaqatnovlarida va Tijorat shartnomalari (SPA) ostida e’lon qilingan tariflar uchun amal qilmaydi. 
PDF-ni yuklab oling