Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Hamkorlik

2020 24 Noyabr
688
Ulashing

Toshkentda “Uzbekistan Airways” AJ rahbariyatining Airbus Helicopters kompaniyasining Kavkaz va Markaziy Osiyo bo‘yicha sotuvlar menedjeri Roman Lana bilan muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

“Uzbekistan Helicopters” MChJ vertolyotlar aviaparkini yangilash, biznes va turizm uchun zamonaviy aviatsiya xizmatlarini taqdim etish dasturi doirasida “Uzbekistan Airways” AJ Direksiyasida tashkil qilingan uchrashuvda tomonlar yo‘lovchi vertolyotlarini yetkazib berish bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildilar.

Yangi vertolyotlarning konfiguratsiyasi, ulardan foydalanishda servis xizmat ko‘rsatish va texnik ta’minlash bo‘yicha masalalar, yetkazib berish muddatlari va boshqalar ko‘rib chiqildi.

Muzokaralar yakunida “Uzbekistan Helicopters” MChJ uchun 4 yangi Airbus kompaniyasining vertolyotlarini – ikkita N-125 va ikkita N-130 sotib olish to‘g‘risida dastlabki kelishuvga erishildi.

Aytish joizki, bugungi kunda “Uzbekistan Helicopters” MChJ “I. Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti” MChJ xududida joylashgan hamda 5 ta Mi-8MTV-1 vertolyot parkiga ega bo‘lib, O‘zbekistonning barcha xududiga parvozlarni amalga oshiradi. Ularning foydalanish ko‘lami havodan videotasvirga olishdan tortib, turistik guruhlarni tashish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishga qadar kengdir.

Ma’lumot uchun: N-125 va N-130 vertolyotlari texnik xususiyatlari, ko‘p funksionalligi, xavfsizlik darajasi va arzonligi jihatidan o‘z klassidagi barcha boshqa birdvigatellik vertolyotlardan ustundir. N-125 baland va issiq iqlim sharoitida uchishga moslashgan va tashqi slingdagi maksimal yuk og‘irligining ta’sirchan ko‘rsatkichiga ega – 1400 kg. Mashina yong‘inni o‘chirish, elektr uzatish tarmoqlarini kuzatish, yuklarni ko‘tarish, ekinlarni changitish, aerovideotasvirga tushirish, parashut bilan sakrash, geologik qidiruv va boshqalarni o‘z ichiga olgan keng qamrovli vazifalar uchun foydalaniladi. N-130 – yo‘lovchi va VIP tashuvlari, ekskursiyalar, kuzatuv ishlari va boshqalar uchun juda qulaydir.

PDF-ni yuklab oling