Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Haftalik an’anaviy aksiya davom etadi

2023 28 Iyun
1313
Ulashing

Uzbekistan Airways aviaqatnovlariga aviachiptalarni 20% gacha chegirma bilan xarid qiling va “Yorqin payshanba” aksiyasi doirasida sayohatingizni hamyonbop narxlar bilan rejalashtiring!

Shu hafta, 2023-yil 29-iyun kuni “Yorqin payshanba” aksiyasi doirasida Uzbekistan Airways Oʻzbekiston shaharlaridan Moskvaga, shuningdek Toshkentdan Krasnoyarskka, Toshkent va Namangandan Omsk, Ufaga, Namangandan Yekaterinburgga, Urganchdan Istanbulga va orqaga qaytuvchi barcha reyslar tariflariga 20% chegirma e’lon qiladi.

“Yorqin payshanba” haftalik aksiyasi doirasida foyda bilan Markaziy Osiyo qanotlarida sayohat qiling!

Aksiyasining batafsil shartlari:

  1. Aksiya muddati 2023-yil 29-iyun soat 00:00 dan 23:59 gacha;
  2. Taqdim etiladigan chegirma miqdori:
  • kattalar uchun tarifdan – 20%;
  • 2 yoshgacha va 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan salonda joy egallovchi bolalar uchun – bolalar tarifiga mos ravishda – 20%;
  • chegirma salonda joy egallamaydigan va 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun amal qilmaydi;
  1. Aviachipta qaytarilganda/qayta bronlashtirilganda/qayta rasmiylashtirilganda tarifga taqdim etilgan chegirma aviachiptani qaytarish/qayta bronlashtirish/NO-SHOW uchun undiriladigan yig‘imlarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Bolalar uchun belgilangan tartibda (25% chegirma bilan) undiriladi. Qisman foydalanilgan aviachipta pulini chegirma tugagandan keying kunda qaytarmoqchi bo‘lgan yo‘lovchi chegirma amal qilgan kunda sotib olgan miqdorda qaytarib oladi;
  2. Ilgari sotib olingan aviachiptalar 29.06.2023da qayta rasmiylashtirilsa yoki qayta bron qilinsa, tarifga chegirma qo‘llanilmaydi;
  3. Chegirma bilan qisman foydalanilgan aviachiptalar qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan taqdirda, qayta hisob-kitob aviachipta chiqarilgan sanada (ya’ni chegirma qo‘llanilgan holda) amalga oshiriladi;
  4. Aviatashuv muddati cheklanmagan (aviatashuvning amal qilish muddati qo‘llanilgan tarif qoidalari bilan belgilanadi, aviachiptalarni e’lon qilingan berilgan jadval asosida rasmiylashtirishga ruxsat beriladi);
  5. Chegirmalarni birlashtirish taqiqlanadi;
  6. Chegirma e’lon qilingan barcha individual ekonom va biznes-klass tariflari uchun faqat Oʻzbekiston shaharlaridan Moskvaga va orqaga qaytuvchi barcha reyslarga tariflariga, shuningdek Toshkentdan Krasnoyarskka, Toshkent va Namangandan Omsk, Ufaga, Namangandan Yekaterinburgga, Urganchdan Istanbulga va orqaga qaytuvchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘nalishlar uchun taqdim etiladi. CodeShare aviaqatnovlarida va Tijorat shartnomalari (SPA) ostida e’lon qilingan tariflar uchun amal qilmaydi.

“Yorqin payshanba” aksiyasi doirasida aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy www.uzairways.com sayti, UzAirways ilovasi orqali, shuningdek, Uzbekistan Airways Sales filialida yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.

Uzbekistan Airways – O‘zbekiston Respublikasining 1992-yilda tashkil etilgan milliy aviakompaniyasi hisoblanadi. Hozirgi vaqtda aviakompaniya aviaparkida 33 ta havo kemasi mavjud, 65 dan ortiq yo‘nalishlarga muntazam va charter aviaqatnovlarni amalga oshiradi, vakolatxonalari esa dunyoning 20 dan ortiq shaharlarida faoliyat olib boradi. Bugungi kunda Uzbekistan Airways MDH orasida Toshkentdan Nyu-Yorkka to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam transkontinental parvozlarni amalga oshiruvchi yagona aviakompaniya hisoblanadi.

 

PDF-ni yuklab oling