9-avgustdan boshlab Uzbekistan Airways Toshkent – Andijon – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. Parvozlar chorshanba va shanba kunlari Airbus A320 havo kemalarida amalga oshiriladi.
- Bir tomonga: 248 000 so‘mdan boshlab;
- Ikki tomonga: 466 000 so‘mdan boshlanadi.
Parvozlar jadvali bilan booking.uzairways.com saytida yoki Uzbekistan Airways mobil ilovasida tanishib chiqishingiz va chiptalarni xarid qilishingiz mumkin.