Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Farg‘ona vodiysida o‘tkazilgan roud-shou yakunlari

2026 20 Mart
Ulashing

Uzbekistan Airways Farg‘ona vodiysining Farg‘ona, Namangan va Andijon shaharlarida roud-shou turkum tadbirlarini yakunladi. Bir necha kun davomida aviakompaniya vakillari turoperatorlar va aviachiptalar sotuvi bo‘yicha agentlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdilar.

Roud-shouning asosiy maqsadi Namangan – Dehli – Namangan yangi xalqaro yo‘nalishini taqdim etish, shuningdek, aviatashuvlarni rivojlantirishga oid taklif va g‘oyalarni muhokama qilish uchun professional hamjamiyat bilan ochiq muloqot o‘rnatishdan iborat bo‘ldi.

Har bir uchrashuv taqdimot bilan boshlanib, uning davomida ishtirokchilar aviakompaniya faoliyati, yo‘nalishlar tarmog‘ining rivojlanishi, aviaparkning yangilanishi, UzAirPlus sodiqlik dasturi hamda kod-shering va interlayn kelishuvlari doirasidagi xalqaro tashuvlar imkoniyatlari bilan tanishdilar.

Barcha tadbirlarning asosiy qismi ochiq muloqot shaklida o‘tdi. Farg‘ona, Namangan va Andijonda ishtirokchilar parvozlar xaritasi va qatnovlar jadvalini rivojlantirishdan tortib, tarif siyosati, guruhli band qilish va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishgacha bo‘lgan keng ko‘lamli masalalarni ko‘tardilar.

Namangan va Andijondagi muloqotga hududiy aeroportlar, turizm boshqarmasi hamda ta’lim muassasalari vakillari faol qo‘shildi. Xususan, Hindistonga davolanish uchun boradigan yo‘lovchilar, tadbirkorlar va Farg‘ona vodiysi oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalar tomonidan barqaror talab mavjudligi qayd etildi.

Tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishda Uzbekistan Airways’ning Farg‘ona vodiysidagi mintaqaviy vakolatxonasi alohida o‘rin tutib, ishtirokchilarning yuqori darajada jalb etilishini ta’minladi. Uchrashuvlar muqaddas Ramazon oyi sharafiga iftorlik dasturxoni hamda ishtirokchilar o‘rtasidagi yutuqli o‘yinlar bilan to‘ldirildi.

“Farg‘ona vodiysi bo‘ylab o‘tkazilgan roud-shou voqealar kaleydoskopi kabi o‘tdi: uchrashuvlar, masalalar muhokamasi, yutuqli o‘yinlar va ishtirokchilar hissiyotlarining almashinuvi. Har bir shahardagi muloqot o‘ziga xos kechdi: turoperatorlar, agentliklar va tadbirning boshqa mehmonlaridan ko‘plab qiziqarli taklif va g‘oyalar kelib tushdi. Bunday uchrashuvlarni o‘tkazish imkoniyatini yaratib bergani uchun Uzbekistan Airways rahbariyatiga hamda har bir ishtirokchi bilan samarali muloqot olib borgan ishchi guruhga minnatdorchilik bildirmoqchiman”, – deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi Uzbekistan Airways’ning Farg‘ona vodiysidagi mintaqaviy vakili Veronika Kir. 

Farg‘ona vodiysidagi roud-shou fikr almashish va hamkorlik aloqalarini mustahkamlash uchun muhim maydonga aylandi. Agentlar va turoperatorlardan olingan qayta aloqa aviakompaniyaning yo‘nalishlar tarmog‘i va xizmatlarini yanada rivojlantirishda inobatga olinadi.

PDF-ni yuklab oling
AI Assistant
Yordam kerakmi?