Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

COVID-19: Qozog‘istonga kirish qoidalari kuchaytirildi

2022 18 Yanvar
166
Ulashing

Qozog‘iston Respublikasida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish boʻyicha Idoralararo komissiyaning qaroriga muvofiq respublikada epidemiologik vaziyatning yomonlashuvi va «omikron» shtammining tarqalishi tufayli sanitariya-karantin choralari kuchaytirildi, jumladan:

  • 2022-yilning 15-yanvaridan boshlab, emlanganlik  holatidan qat’iy nazar, barcha chet eldan keluvchilarda chegarani kesib oʻtgan vaqtdan oldin koʻpi bilan 72 soat ichida topshirilgan PZR testining manfiy natijasi bo‘lishi shartligi belgilandi;
  • 5 yoshgacha bo‘lgan bolalardan ularga hamrohlik qiluvchi shaxslarning ma’lumotnomasi mavjud bo‘lsa, PZR testi talab etilmaydi;
  • COVID-19 uchun PZR testining manfiy natijasi yo‘q bo‘lgan taqdirda, yo‘lovchilar, shu jumladan Qozog‘iston Respublikasi fuqarolari va Qozog’iston Respublikasi hududida yashash uchun ruxsatnomasi bo‘lgan shaxslar uchish aeroportidan havo kemasiga  kiritilmaydi.

Qozog‘iston hududiga kirish qoidalari bilan batafsil quyidagi havola orqali
Tanishing: https://www.uzairways.com/uz/covid-19-0

Telegram: t.me/uzbekistanairways

PDF-ni yuklab oling