Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Chegirmalar uchmoqda – ertaga ulgurib qoling!

2025 4 Sentabr
Ulashing

"Uzbekistan Airways" AJ faqat 2025-yil 5-sentyabr kuni aviakompaniyaning www.uzairways.com veb-saytida hamda mobil ilovasida HYA05SEP promokodi amal qiladi. Ushbu promokod orqali quyidagi yo‘nalishlarda e’lon qilingan barcha individual iqtisodiy va biznes-klass tariflari uchun 20% chegirma taqdim etilishini ma’lum qiladiki:

 

- Toshkentdan Minsk/ Olmaota/ Ostona/ Sankt-Peterburg/ Tokio/ Mumbayga va ortga,

- Buxoro/Farg‘onadan Istanbulga va ortga;

- Toshkentdan Navoiyga va ortga
 

1. HYA05SEP promokodining amal qilish muddati – 2025-yil 5-sentyabr soat 00:00 dan 23:59 gacha;

2. Promokodni qo‘llagan holda sotish faqat aviakompaniya veb-saytida va mobil ilovasida amalga oshirilishi mumkin;

3. Promokodlarni boshqa chegirmalar, boshqa promokodlarning chegirmalari bilan birlashtirish taqiqlanadi, bolalar chegirmasi bundan mustasno; 

4. Qaytarish/qayta bronlash shartlari:

- qaytarilgan/qayta bron qilingan/qayta rasmiylashtirilgan taqdirda, promokod bo‘yicha tarifga taqdim etilgan chegirma qaytarish/qayta rasmiylashtirish/NO-SHOW uchun undiriladigan yig‘imlarga nisbatan qo‘llanilmaydi, bolalar uchun – belgilangan tartibda (25% chegirma bilan) undiriladi;

- qisman foydalanilgan aviachiptani qaytarish summasini hisoblash uchun taqdim etilgan chegirma qo‘llanilmagan holda foydalanilgan uchastka (bir tomon) uchun tarif chegirib tashlanadi;

- Promo-kod bo‘yicha chegirma bilan to‘liq foydalanilmagan aviachiptalar qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan taqdirda, chegirmalarsiz tarifning to‘liq darajasiga qo‘shish zarur. To‘plangan ballar uchun xizmat ko‘rsatish sinfini Z sinfgacha oshirish, Change Name Policy yo‘lovchining ismi, familiyasi va pasport ma’lumotlariga o‘zgartirishlar kiritish texnologiyasi doirasida aviachiptalarni qayta qayta rasmiylashtirishda bundan mustasno 

- promokod taqdim etilmagan kunlarda rasmiylashtirilgan aviachiptalar qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan taqdirda, promokod bo‘yicha chegirma qo‘llanilmaydi;

- qisman foydalanilgan, chegirma bilan rasmiylashtirilgan aviachiptalar qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan taqdirda, qayta hisob-kitob to‘liq tarifga qo‘shilgan holda amalga oshiriladi.

5. Aviatashuvlar davri – cheklanmagan (aviatashuvning amal qilish muddati qo‘llaniladigan tarif qoidalari bilan belgilanadi, aviachiptalarni e’lon qilingan jadvalga muvofiq rasmiylashtirishga ruxsat beriladi);

6. HY marketing tashuvchisi bo‘lgan CodeShare aviaqatnovlari va tijorat shartnomalari (SPA) doirasida e’lon qilingan tariflar, shuningdek, "Uzbekistan Helicopters" MCHJ (HY1001-1100) va "Silk Avia" aviaqatnovlari, shuningdek, guruhli bron qilish uchun qo‘llanilmaydi. 

 

Uzbekistan Airways O‘zbekistondagi eng yirik aviakompaniya hisoblanadi. Aksiyadorlik jamiyati maqomiga ega. Uning aviaparkida Boeing 767/787, Airbus A320ceo/320neo/321neo, L-410, ATR-72 kabi havo kemalar mavjud.   

Yo‘nalishlar tarmog‘i va havo kemalar parkini doimiy ravishda kengaytirmoqda hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlar darajasini yaxshilaydi. Parvoz xavfsizligi esa aviakompaniya uchun doimo ustuvor vazifa bo‘lib qoladi.

Uzbekistan Airways muntazam, charter va yuk tashuvchi aviqatnovlarini hamda Uzbekistan Airways Express loukoster tizimi bo‘yicha ham parvozlarni amalga oshiradi.

Uzbekistan Airways tarkibiga “Uzbekistan Helicopters” MChJ, “Uzbekistan Airways Technics” MChJ, “Catering” MChJ, “O‘quv-mashq markazi” MChJ kabi kompaniyalar ham kiradi.

PDF-ni yuklab oling
AI Assistant
Yordam kerakmi?