Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Buxorodan Zaaminga parvoz qilamiz

2023 12 Sentabr
1462
Ulashing

    Uzbekistan Airways Buxorodan Zominga va undan haftasiga 5 marta muntazam reyslar ishga tushirilgani haqida xabar berishdan mamnun!

2023-yil 15-sentabrdan boshlab Uzbekistan Airways Toshkent va Buxorodan Zominga va ortga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirishni boshlaydi. Ta’kidlash joizki, respublikamiz ichidagi yangi yo‘nalishning ochilishi O‘zbekiston Respublikasining uchta shahri – Toshkent, Samarqand va Buxorodan bir vaqtning o‘zida havo qatnovining bog‘lovchi bo‘g‘ini bo‘lgan Zominda mintaqaviy aeroport qurilishi tufayli amalga oshirildi.

Toshkent va Buxorodan Zominga qatnovlarni haftasiga 5 marta, dushanba, seshanba, chorshanba, juma va yakshanba kunlari quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:

  • Toshkentdan jo‘nab ketish 09:30, Zominga yetib kelish 10:05
  • Zomindan jo‘nab ketish 10:35, Buxoroga yetib kelish 12:05
  • Buxorodan jo‘nab ketish 13:05, Zominga kelish 14:35
  • Zomindan jo‘nab ketish 15:05, Toshkentga yetib kelish 15:40

Zomin – Buxoro yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta narxi 170 000 so‘mdan, Toshkent – Zomin yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta narxi esa 105 000 so‘mdan boshlanadi. Aviachiptalarni www.uziarways.com rasmiy saytida, UzAirways ilovasi orqali yoki Uzbekistan Airways Sales filialida sotib olish mumkin. 

PDF-ni yuklab oling