Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

«Boeing» kompaniyasi Toshkentda «Uzbekistan Airways» AJ mutaxassislari uchun qisqa muddatli trening oʻtkazmoqda

2021 17 Sentabr
39
Ulashing

2021-yil 15-sentabrdan «Boeing» kompaniyasi «Uzbekistan Airways» AJ xodimlari uchun qisqa muddatli treningni boshladi. Unda fuqaro aviatsiyasi sohasiga oid yangi bilimlarni taqdim etish moʻljallangan.

Trening doirasida aviakompaniyaning strategik rivojlanish rejasi, soha bozorini tahlil qilish, yoʻnalish tarmogʻini ishlab chiqish va rejalashtirish, havo kema parkini rivojlantirish rejalarini tayyorlash, aviakompaniya daromadlarini boshqarish va raqamlashtirish masalalari kabi mavzular muhokama qilinadi.

Mashgʻulotlar 2021-yil 22-sentyabrgacha davom etadi.

Telegram: t.me/uzbekistanairways

PDF-ni yuklab oling