Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Aviakompaniyaga FA guvohnomasiga ega uchuvchilarni taklif qilamiz

2022 27 Dekabr
53
Ulashing

“Uzbekistan Airways” AJ O‘zbekiston fuqarolari orasidan fuqaro aviatsiyasi uchuvchisi guvohnomasiga ega bo‘lgan havo kemasi komandiri va ikkinchi uchuvchi lavozimiga ishga qabul qilinishini e’lon qiladi.

 

Nomzodlarga qoʻyiladigan talablar: 

1. O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi;

2. Ikkinchi uchuvchi dastur doirasida malaka oshirishga nomzodlar uchun HKK yoki I/U sifatida umumiy parvoz kamida 500 soat;

3. HKK dasturi bo‘yicha qayta tayyorlash uchun nomzodlar HKK sifatida kamida 1500 soat parvoz;

4. Fuqaro aviatsiyasi uchuvchisining tugallangan aviatsiya ta’limi; 

 

Eslatma: O‘zbekiston tashqarisidagi xorijiy ta’lim muassasasini tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplom hujjatlarni topshirish vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan belgilangan hujjatlar talablariga muvofiq nostrifikatsiyalangan bo‘lishi kerak.

5. Olti (6) oydan ortiq bo‘lmagan parvoz ishidagi tanaffus;

6. Ta’lim dasturini o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan hajmda o‘zbek tili, rus va ingliz tillarini bilish;

7. Ingliz tili bilim darajasi ICAO til bilish darajasi 4 shkalasidan past bo‘lmasligi;

8. Nomzodning shaxsiy aybi bilan aviatsiya hodisalari bo‘lmaganligi, shuningdek, oldingi ish joyidan mehnat intizomini buzish holatlari yo‘qligi to‘g‘risida ma’lumot taqdim etish;

9. 55 yoshdan katta bo‘lmasligi;

10. Hujjatlarni qabul qilishda ilovadagi arizani to‘ldirish kerak.

 

Hujjatlarni qabul qilish 2023-yil 20-yanvargacha davom etadi. 

Rejalashtirilgan tanlov sanasi Toshkent shahrida 2023-yil 24-yanvar.

Hujjatlar quyidagi manzil boʻyicha qabul qilinadi: Toshkent sh., Sergeli tumani, Parvoz xizmati departamenti (avvalgi Uchuvchilar majmuasi binosi), 313-xona – Tursunova Nargiza Shuxratovna.

(email: Nargiza.Tursunova@uzairways.com, telegram: @nagriza_giz)

PDF-ni yuklab oling