Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Aviakompaniya korrupsiyaga qarshi tashabbuslarini davom ettirmoqda

2022 28 Iyul
159
Ulashing

 

Taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qoʻyayotgan Oʻzbekiston uchun korrupsiyaning har qanday shakldagi koʻrinishi islohotlar shiddatini susaytirishi bilan xavflidir. Shu sababli mamlakatimizning barcha sohalarida, davlat organlari va tashkilotlarida ilgʻor xalqaro standartlarga asoslangan, korrupsiya bilan murosasiz kurashga qaratilgan tizimni joriy etish boʻyicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

2022-yil 26-iyul kuni “Uzbekistan Airways” Aksiyadorlik jamiyatida Oʻzbekiston Respublikasi DXX, Transport prokuraturasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi mutaxassislari ishtirokida aviakompaniyaning raxbar va xodimlari bilan ularning korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishidagi huquqiy bilimlarini takomillashtirishga qaratilgan “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Tadbir ishtirokchilariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-iyundagi PF-154-sonli “Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasini oshirish va baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonining mazmun-mohiyati va bugungi kundagi ahamiyati tushuntirildi.  

Shu bilan birga, tadbir ishtirokchilari korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini ijro etish samaradorligini oshirish, korrupsiyaga qarshi xatti-harakatlarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishda huquqiy ma’rifatning o‘rnini muhokama qildilar.

Shuningdek, tadbirda davlat xizmatidagi manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash va oldini olish samaradorligini oshirish, aviakompaniya xodimlari tomonidan axloq me’yorlariga rioya etish va korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun javobgarlik masalalari ko‘rib chiqildi. 

Aviakompaniya mas’ul rahbarlariga tegishli vazifalar va ularni bajarish muddatlari belgilandi.

PDF-ni yuklab oling