Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Aviachiptalarni www.uzairways.com saytida onlayn xarid qilish

2022 1 Noyabr
91
Ulashing

Yildan yilga Uzbekistan Airways aviakompaniyasida xizmatlar sifati yaxshilanib yo‘lovchilar uchun qulayliklar yaratilib bormoqda. Endilikda yo‘lovchilar aviakassalarda vaqtlarini sarflamay, uydan yoki ofisdan chiqmagan holda aviachiptalarni xarid qilishlari mumkin. Uzbekistan Airways rasmiy sayti www.uzairways.com yoki App Store va Google Play platformalarida mavjud bo‘lgan UzAirways mobil ilovasi orqali aviachiptalarni sotib olish yo‘lovchilardan ko‘p vaqtni talab qilmaydi. Onlayn xizmatdan foydalanishning bir qancha afzalliklari mavjud bo‘lib, ulardan yana biri barcha amaliyotlarning yo‘lovchi tomonidan bajarilishidir.  

Yo‘lovchilar uchun aviachiptalarni onlayn tarzda xarid qilish ko‘rsatmasi:

  1. Rasmiy www.uzairways.com saytiga kirish yoki UzAirways mobil ilovasini yuklab olish;

  2. Kerakli yo‘nalishni tanlash;

  3. Parvoz sanasini, yo‘lovchi sonini (kattalar, bolalar, chaqaloqlar) hamda to‘lov turini kiritish;

  4. Uchib ketish vaqtini tanlash (ba‘zi yo‘nalishlarda biz bir nechta variantlarni taklif qilamiz);

  5. Yo‘lovchiga ma’qul kelgan tarif turini tanlash (biznes, ekonom);

  6. Pasport ma’lumotlarini kiritish;

  7. Kontakt ma’lumotlarini joylash;

  8. To‘lovni amalga oshirish.

Ushbu bosqichlar amalga oshirilgandan so‘ng, yo‘lovchi telefon raqamiga va elektron pochtasiga aviachipta sotib olish amaliyoti muvaffaqiyatli yakunlanganligi to‘g‘risida ma’lumot va aviachiptaning o‘zi yuboriladi. Onlayn tarzda aviachiptalarni xarid qilish amaliyoti yo‘lovchilardan ko‘p vaqt talab qilmaydi va asosiysi qulay.  

Ma’lumot uchun, joriy yilning 5-may kuni www.uzairways.com saytining yangi, qulay va soddalashtirilgan versiyasi ishlab chiqilgan edi. Yangi veb-sayt ishga tushirilgandan beri 1 oktabrgacha 816 088 ta chipta xarid qilingan.

Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, UzAirways mobil ilovasi orqali, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilib olish mumkin.

 

PDF-ni yuklab oling