Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Anomal sovuqning Uzbekistan Airways aviaqatnovlariga ta’siri

2023 10 Yanvar
31
Ulashing

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining xabar berishicha 2023-yilning 10-15-yanvar kunlari respublikamiz bo‘ylab anomal sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

Shu munosabat bilan, “Uzbekistan Airways” AJ matbuot xizmati yo‘lovchilarni kutilayotgan kuchli sovuq hamda ob-havodagi o‘zgarishlar tufayli aviaqatnovlarning harakat jadvali o‘zgarishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantiradi.

Aviaqatnovlar Uzbekistan Airways tomonidan kechiktirilgan hollarda (havo kemasining kech yetib kelishi, havo kemasining va xizmat ko‘rsatuvchi texnikalarning nosozligi) yo‘lovchilarga 2 soatdan yuqori bo‘lgan kutish vaqtida ham mahalliy ham xalqaro qatnovlarda suv (issiq va salqin ichimliklar) taqdim etiladi. Ushbu sabablarga ko‘ra uzoq kechikish kuzatilsa, xalqaro reyslar, shuningdek, issiq ovqat (uchib ketishni 4 dan 6 soatgacha kutish) va mehmonxona (agar kutish vaqti kunduzi 12 soatdan va kechasi 6 soatdan oshsa) bilan ta’minlanadi.

Aviaqatnovlar kechiktirilgan yoki bekor qilingan hollarda (shu jumladan noqulay ob-havo sharoiti tufayli) yo‘lovchilar sotib olingan joyda aviachiptalarni pulini to‘liq qaytarib olishlari yoki boshqa sanaga bepul qayta bron qilish huquqiga egadirlar.

Avireyslar O‘zbekiston hududidagi muqobil aerodromga qo‘ngan taqdirda, Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Yo‘lovchilarni aviachiptasiga (shu jumladan yer usti transportida) muvofiq tashish va oxirgi manzilga yetkazib qo‘yish shartnomasini bajarish bo‘yicha barcha zarur sa’y-harakatlarni amalga oshiradi. Agar yetkazib qo‘yishning iloji bo‘lmasa (masalan, Kamchik dovoni orqali yo‘lovchi transportining harakati cheklanganligi sababli va boshqa sabablarga ko‘ra) yo‘lovchilarga yo‘l xarajatlari uchun aviakompaniya tomonidan aviachipta ekonom klass tarif turidan kelib chiqqan holda 25% miqdorida kompensatsiya to‘lanadi. Xorijiy mamlakatlarda qo‘nish terminali o‘zgargan taqdirda, aviakompaniya yo‘lovchilarni belgilangan manzilga yetkazish uchun javobgar hisoblanadi.

Aviaqatnov vaqti, yo‘nalishi va qo‘nish terminali o‘zgargan hollarda aviakompaniya aloqa markazi yo‘lovchi aeroportga kelishidan avval u chipta xarid qilayotganda yozib qoldirgan bog‘lanish raqami va pochta manziliga xabar yuboradi. Hurmatli yo‘lovchilar aviachipta sotib olayotganda o‘zingizning shaxsiy telefon raqamingizni va elektron manzilingizni qoldirishingizni so‘rab qolamiz. Bu aviaqatnovlarning vaqti o‘zgargan hollarda sizni tezkor xabardor qilish uchun kerak bo‘ladi. Shuningdek aviakompaniya aloqa markazi +998781400200 raqami tunu-kun faoliyat yuritishini eslatib o‘tamiz.

“Uzbekistan Airways” AJ axborot xizmati yo‘lovchilar xavfsizligi birinchi o‘rinda ekanligini eslatib o‘tadi. Yo‘lovchilar va kutib oluvchilarga yetkazilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

PDF-ni yuklab oling