Uzbekistan Airways 4 kishidan 9 kishigacha bo‘lgan guruhlar uchun maxsus A4PAX tarifini taklif qilmoqda. Bu birgalikda sayohat qilishni yanada qulaylashtiradi.
• Sotuv muddati 2025-yil 10-oktabrdan 17-oktabrgacha;
• Tashish muddati 2025-yil 27-oktabrdan 27-noyabrgacha;
• Ushbu tarif bo‘yicha sotuvlar faqat "Uzbekistan Airways" AJning o‘z muntazam aviaqatnovlarida aviakompaniya veb-saytida, O‘zbekiston Respublikasi hududida ("Uzbekistan Airways Sales" filiali va uning agentlari tomonidan), shuningdek, xorijda faqat o‘z sotuv tarmog‘i uchun ochiladi (HY bilan faqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri agentlik shartnomalari bo‘yicha ishlaydigan agentlar, 25021...). BSP, ARC, TKP agentlariga taalluqli emas;
• Bitta bronlashda yo‘lovchilarning minimal soni – 4 kishi;
• Bitta bronlashda yo‘lovchilarning maksimal soni – 9 kishi;
• Ushbu tarif bo‘yicha qayta bronlash/qayta rasmiylashtirish va qaytarish taqiqlanadi;
• Andijondan Istanbulgacha bo‘lgan uchastkada bepul bagaj tashish normasi – 35 kg, Istanbuldan Andijongacha – 45 kg.
• Boshqa tarif turlari bilan birlashtirishga ruxsat berilmaydi.