Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Andijon – Istanbul – Andijon aviaqatnovida foydali taklif

2025 20 Oktabr
Ulashing

Uzbekistan Airways 4 kishidan 9 kishigacha bo‘lgan guruhlar uchun maxsus A4PAX tarifini taklif etadi. Bu butun oila yoki do‘stlar bilan birga sayohatga chiqish va ayni paytda pul tejashning ajoyib imkoniyatidir! 

Maxsus tarif bo‘yicha chiptalarni 21-oktabrdan 28-oktabrgacha xarid qilish mumkin. Taklif 27-oktabrdan 27-noyabrgacha amalga oshiriladigan parvozlar uchun amal qiladi. Aksiya faqat Andijon – Istanbul – Andijon aviaqatnovlariga amal qiladi.

• Ushbu tarif bo‘yicha sotuvlar faqat "Uzbekistan Airways" AJning o‘z muntazam aviaqatnovlarida aviakompaniya veb-saytida, O‘zbekiston Respublikasi hududida ("Uzbekistan Airways Sales" filiali va uning agentlari tomonidan), shuningdek, xorijda faqat o‘z sotuv tarmog‘i uchun ochiladi (HY bilan faqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri agentlik shartnomalari bo‘yicha ishlaydigan agentlar, 25021...). BSP, ARC, TKP agentlariga taalluqli emas; 

• Bitta bronlashda yo‘lovchilarning minimal soni – 4 kishi;

• Bitta bronlashda yo‘lovchilarning maksimal soni – 9 kishi;

• Ushbu tarif bo‘yicha qayta bronlash/qayta rasmiylashtirish va qaytarish taqiqlanadi;

• Andijondan Istanbulgacha bo‘lgan uchastkada bepul bagaj tashish normasi – 35 kg, Istanbuldan Andijongacha – 45 kg.

• Boshqa tarif turlari bilan birlashtirishga ruxsat berilmaydi.

 

➖Bir tomonga: har bir yo‘lovchi uchun 1 815 000 so‘mdan boshlab

➖Ikki tomonga: har bir yo‘lovchi uchun 3 389 000 so‘mdan boshlanadi

 

Chiptalarni booking.uzairways.com saytida, Uzbekistan Airways Sales filialida va aviakompaniyaning rasmiy agentlaridan xarid qilishingiz mumkin.

PDF-ni yuklab oling
AI Assistant
Yordam kerakmi?